KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI — “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni 1997- yil 29-avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to’g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimining jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to‘g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgan.