KAKAYDI NEFT KONI

KAKAYDI NEFT KONI — Jarqo’rg’on tumanidagi kon. Jarqo’rg’on sh.dan 20 km shim.-sharkda joylashgan. Kon to’g’risida dastlabki ma’lumotlar 19,14 y.ga taalluqli. 1934 y.da Geolo- gik s’yomka natijasida anticlinal struktura mavjudligi aniqlangan. 1937 y.da dastlabki razvedka qudug’i qazildi. 1939 y.da Paleosen oxaktoshlaridan sa- noat ahamiyatiga molik neft olindi. 1940 y.da kon foydalanishga topshiril- Di. K.n.k. joylashgan hudud bir necha tepalikdan iborat bo’lib, soylar b-n kesilgan. Kon kesimida bo’r, paleogen va neogen yotqiziqlarining mavjudli- gi kayd etildi. Eng chuqur 73-quduqda bo’r qatlamlari (120 m gacha) ochilgan. Paleogen yotqiziqlarining qalinligi 780-790 m, neogen yotqiziklariniki esa 560-840 m oralig’ida. Butun kesim ohaktosh, mergel, qumtosh, gillar va ular aralashmalarining navbatlanishi- dan hosil bo’lgan jinslardan iborat. Kakaydi strukturasi tektonik jihatdan Jayranxona.— Kattabosh antiklina- lining bir qismi bo’lib, ular Surxon megasinklinali tarkibiga kiradi. Ka- kaydi strukturasi kambar uzun Asim- metrik shaklda bo’lib, shim.-Sharqiy yo’nalishda cho’zilgan. Uning shim.- g’arbiy qanoti qiyaroq. Strukturaning o’lchami 18,5×1,8 km, bal. 175 m. Neogen yotqiziqlari bo’yicha strukturaning uz. 27 km, eni 4 km. Jinslarning yotish burchagi gumbazda 7-10°, shim.-g’arbiy qanotda 50-65°, Jan.-Sharqiy qanotda esa 30-40° ga etadi. Buxoro katlari- ning 1-gorizonti bo’yicha strukturaning uz. (-720 izogipsi bo’yicha) 7,5 km, eni 0,9 km. Uyumning mayd. 592 ga, bal. 100 m. Kon hududida 25 quduqda 124 ob’ekt si- nab ko’rilgan. Shundan 22 ob’ektda (18 qudukda) suvsiz neft, 4 tasida neft va gaz, 71 tasida neft va suv, 28 tasida suv va bittasida neft belgilari b-n suv olingan. Sanoat ahamiyatiga molik neft uyumlari 1-, 2-, 3-gorizontlar b-n bog’liq. Quduqlarning dastlabki debiti 20 t/ sutka, dastlabki qatlam bosimi -12,3 MPa, dastlabki gaz omili 1-2 m3/t. Foydalaniladigan quduqlar soni 14 ta. 2001 y.gacha kondan 3,4 mln. t neft olin- Di. Konda 25 ta quduq ishlamoqda, ular- ning debiti neft bo’yicha 1,7 t/sutka, suyuqlik bo’yicha 44,2 t/sutka.