KALEDON BURMALANISHI
KALEDON BURMALANISHI (Shot landiyaning lot. nomi Kaledoni- yadan)— erta paleozoy va silur dav- rlarida sodir bo’lgan tof hosil bo’lish jarayoni. Ba’zi hududlarda devon dav- rida yakunlangan. K.b. terminini fanga frantsuz geologi M. Bertran 1887 y.da kiritgan. K.b. Britaniya o.larining kat- ta qismi, Skandinaviya ya.o.ning shim.- g’arbiy qismida, Shpisbergen o.larida, Osiyoda — Markaziy Qozog’istonning g’arbiy qismi, G’arbiy Sayan, tog’li ol- toy, Mongoliya Oltoyi, Jan.-Sharqiy Xitoy, Sharqiy Avstraliyada, Grenlan- diyaning shim. va Sharqiy qismida, shu- ningdek, shim. Appalachi va b. joylarda bo’lib o’tgan. K.b. cho’kish va ko’tarilish davrlarini o’z ichiga oladi. K.b.ning eng dastlabki fazasi kembriyning o’rta va oxiriga, asosiy fazalari esa ordovik oxiri — silur boshi va oxiriga hamda devon boshiga to’g’ri keladi. Dastlab geosinklinal havzalar paydo bo’lgan. Bu havzalar gilli slanes, grauvakka, spilitdiabaz, diabaz, ohaktosh kabi tog’ jinslaridan tashkil topgan. Geosin- klinal havzalari K.b.ning 2-davrida ko’tarilib, undagi qatlamlar burmalan- gan va ularning o’rnida tog’tizmalari paydo bo’lgan. Erning geologik rivoj- lanish tarixini o’rganishda K.b.ning o’rni muhim. K.b.ning gersin burma- lanishidan farqi ko’plab hududlarda geosinklinal rivojlanishi yakunlan- maganligi, yaqqol ifodalangan old bo- tiklarning yo’qligi, kechki kaliyli granitlarning kamligi va erta geosin- klinal vulkanizm va ofiolitlarning keng tarqalganligidadir. K.b. bo’lgan hududlardan xrom, nikel, oltin, Nodir metallar, fosfor konlari ko’p topilgan. Ad.: Tektonika Evrazii, M., 1966; Pro- nin A. A., Kaledonskiy tsikl tektoniche- skoy istorii zemli, L., 1969.