Kalmaraz, o’simliklar kalmarazi, parsha
Kalmaraz, o’simliklar kalmarazi, parsha — AK- sariyat zamburug’lar (ba’zan bakteri- yalar) qo’zg’atadigan kasallik. Asosan, o’simliklarning ustki to’qimalari shi- kastlanadi. Kutikula yoki novdalarda dog’lar, yaralar, buqoqlar paydo bo’ladi. Ko’pchilik q.x. ekinlari kasallanadi. K. ko’proq olma, nok, kartoshka va tsitrus ekinlari (limon, apelsin)da uchray- Di. Olma, nok daraxtlari K.ni Venturia inaeguaties va V. pinna zamburug’lari qo’zg’atadi. Olmada barg va mevalar, nok- da novdalar ham zararlanadi. Daraxtlar- ning barglarida kulrang to’garak dog’lar hosil bo’ladi, barg shapalog’ining orqa tomonida dog’lar to’q yashil rangli Bax- malsimon g’ubor b-n qoplanadi. Mevalar- da esa g’ubor b-n qoplangan kumushrang hoshiyali qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi. Bu dog’lar keyinchalik kengayib, ko’pincha bir-biriga tutashadi. Kasallangan bar- glar to’kiladi. Mevaning shikastlan- gan joyidagi to’qimalari yog’ochsimon bo’lib qoladi, kasallik yanada avj olib ketganda bu joylar yoriladi. K. b-n ka- sallangan daraxtlarning hosili Kama- yadi, mevalari sifatsiz bo’lib qoladi. Kartoshka K.ni aktsinomisetlar (oddiy K. qo’zg’atuvchisi — Actinomuces scabies, A. tricolor va b.), zamburug’lar [g’uborli K. qo’zg’atuvchisi — Spongospora subterranea), qora K. (rizokotonioz) qo’zg’atuvchisi — Rhizoctonia solani] har xil turlari qo’zg’atadi. Tuganaklari zararlanadi. Kurash choralari: kuzda erga to’kilgan mevalar yig’ib olinib, yo’qotiladi va bog’qator oralari shudgorlanadi. Ko’klamda, kurtaklar Burta boshlagan- da daraxtlarga 3% li Bordo suyukligi purkaladi. Bahorda yog’ingarchilik ko’p bo’lgan yillarda daraxtlar guldan tush- ganidan keyin 1% li Bordo suyuqligi purkaladi. Kartoshka K.ga qarshi ku- rashda kasallikka chidamli navlarni tanlash, urug’likni fungisidlar b-n ishlov berib ekish, agrotexnika tad- birlariga qat’iy rioya qilish kerak. Sulton Alimuhameoov.