Kamon, kamalak
Kamon, kamalak, ey, o’q-yoy — mezolit davrida (mil. AV. 10-5 ming yillik) ibtidoiy ovchilar tomonidan ixtiro qilinib, 17-a.gacha ba’zi joy- larda 20-a.gacha qo’llanilgan ov va jang quroli. Hamma xalq va qabilalarda (Av- straliya va Mikroneziyadan tashqari) qo’llanilgan. K.ning ixtiro qilinishi kishilik tarixida ulkan yutuq bo’lgan. U ibtidoiy odamlarning parranda va dar- randalarni ovlashda juda qo’l kelgan. K. aslini olganda inson tomonidan ixtiro etilgan birinchi mexanizm edi. K. engil- ligi, qulayligi, mo’ljalga bexato uri- shi hamda tez otishi jihatidan o’zidan oldin ishlatib kelingan itqitiladigan diskdan ustun turgan. K.ning keng tarqalishi ibtidoiy ovchilikning yana- da taraqqiy etishiga imkon berdi, ovchi- larning kundalik mehnatini engillash- tirdi, ularga ozmi-ko’pmi oziq-ovqatni g’amlab olishlariga imkon tug’dirdi. K. 2 qismdan iborat: egma cho’p; Tirkash. K.ning egma cho’pi sariq tol, sambit, yovvoyi jiyda va jing’il shoxidan yasa- lib, uning ikki uchiga ba’zan suyak yoki qimmatli metall qoplangan. K.ning tirkashi, asosan, paydan qilingan. K.ning 2 xili mavjud: oddiy K.; mu- rakkab K. Oddiy K. yarim doyra shakli- da. Murakkab K. esa yoyilgan qo’sh qanot shaklida. Murakkab K. asrlar davomida takomillashib borgan. Asosan, Sharq xalqlari qo’llagan. Murakkab K. O’rta Osiyo xalklariga mil. AV. 1-ming yil- likdan ma’lo’m. U O’rta Osiyo xalqlari harbiy texnikasida so’nggi o’rta asrlarga qadar eng muhim jangovar qurol vazifa- sini bajarib kelgan. Xunnular davrida (mil. AV. 3-a.) turkiy qavmlar K. o’qini otganda hushtak tovushini eslatuvchi yangi turini ixtiro etishgan; hunnular saltanatini vujudga kelishida uning roli katta bo’lgan. Manbalarga ko’ra, o’rta asrlarda K. o’qi 500-600 m.dan ziyod ma- sofaga etgan. Qadimdan hozirgacha K.dan o’q otish sportning muhim turlaridan biri bo’lib musobaqalar uyushtiriladi. Musobaqalarda K. o’qi 900 m gacha maso- faga borgan.