Kampilobakterioz, vibrioz

Kampilobakterioz, vibrioz— hayvonlarda uchraydigan yuqumli infektsion kasallik. Asosan, qoramol va qo’ylar kasallanadi, cho’chqa, echki, tovuklar va odamga yuqishi mum- kin. Kasallik hayvonlar jinsiy or- ganlari zararlanishi b-n kechadi. In- fektsiya jinsiy organlarning shilliq pardasida bo’lib, hayvonlarni qochirish vaqtida, shuningdek, to’shama, ozuqa va b. orqali yuqadi. Kasallik qo’zg’atuvchi — Campylobacter fetus (vibriofetus) veneralis hisoblanadi. Kasallik dunyoning bar- cha mamlakatlarida qayd qilingan. Kasallik qo’zg’atuvchisi 1903-13 y.larda topilgan. Kasal haivon qisir qoladi va sutdan chiqadi, oriqlaydi, bo’g’oz bo’lsa bola tashlaydi, bolasi ko’pincha o’lik tug’iladi, tirik tug’ilgani 1-2 kunda o’ladi, yo’ldoshi ko’p hollarda tushmaydi, qon va yiring aralash shilliq suyuqlik chiqib turadi. Erkak hayvonlarda urug’doni yallig’lanadi. Kasallik klinik, epizootologik, bakteriologik, serolo- gik ma’lumotlarga asosan aniqlanadi. Davolash: kasal qoramollarga Strep- tomisin, penisillin, bitsilin va b. dorilar beriladi, 3 marta ketma- ket urug’lantirilgandan keyin bo’g’oz bo’lmagan sigir hamda g’unajinning bacha- doniga (kuyikish vaqtida), buqalarning prepusiya bo’shlig’i va mushak oralig’iga (3-4 kun qatorasiga) antibiotik yubo- riladi. Davolangandan so’ng bir oy o’tgach, buqalarning spermasi va Pre- pusiya shillig’i tekshirilib, ularning tuzalganligi aniqlanadi. Kasal qo’ylar ham antibiotiklar b-n davolanadi. Bundan tashqari, qo’y bachadoniga ka- liy permanganat eritmasi yuboriladi. Oldini olish: hayvonlar sinchi- Klab tekshiriladi, kasallangan hayvonlar ajratib, alohida boqiladi, davolanadi, sun’iy qochirish usu- lidan foydalaniladi, nosog’lom xo’jaliklar dezinfektsiya qilinadi. Ad.: Shopo’latov J., Burxonova H., Jiyanov Ya ., Epizootologiya va mik- robioloshya asoslari, T., 1991; par- monov M., S ayilkulov B., Parmo- Nov J., Epi fooiojioi Mya. T., 1996. Hoshim Nurmamatov.