Kaolin
Kaolin (Xitoyning Szyansi Pro- vintsiyasidagi joy nomidan) — oq rang- li gil, asosan, kaolinitsan tashkil top- gan. Vulkanizm b-n bog’liq bo’lgan gra- nit, gneys, slanes va b. tarkibida dala shpatlari bo’lgan tog’jinslarining nu- rashidan yoki gidrotermal o’zgarishidan hosil bo’ladi (birlamchi K.). Kvars va b. o’zgarmagan minerallar b-n aralash- gan holda uchraydi. Birlamchi K. yuvi- lib, turg’un suv qavzalarida qum orasi- da mayin dispers gil cho’kindilaridan iborat qatlam, linza shakllarini hosil qilsa, undagi K. ikkilamchi K. deyiladi. Er yuzasiga yaqin yotuvchi K. ochiq usulda qazib olinadi, keyin boyitiladi. K. qog’oz, chinni, fayans, kimyo, rezina sano- atida, o’tga chidamli buyumlar va izolya- torlar tayyorlashda ishlatiladi. K.ning jahondagi resurslari 20 mlrd. t chama- sida, shuning yarmiga yaqini AQShda. K. konlari Ukraina, Kavkaz, Uralda, Uzbe- kistonda Ohangaron, Suvqaytdi, Qarnob, Quvasoy, Ovminzatog’, Oltintog’da bor.