Kaolinlanish

Kaolinlanish — gilli mine- rallar (asosan, dala shpatlari va slyu- dalar)ning o’zgarishi hisobiga kaolin yuzaga kelgan holda tog’jinslarining o’zgarishi. K. 2 xil sharoitda: alyumosi- likatlarga boy magmatik va metamorfik jinslarning nurashi (ekzogen) va past t-rali gidrotermal suvlarning alyumo- silikatlarga ta’sir qilishi (endogen) yo’li b-n sodir bo’ladi. Ekzogen K. Er tarixining toshko’mir, yura va uchlamchi davrlarida nam, subtropik iqlim sharo- itlarida yuz bergan. K. natijasida pay- do bo’lgan kaolinitning asosiy konlari xam shu davrga xos. Endogen K.da kaoli- nit alyumosilikatlar va b. minerallar- ning o’rnini egallab, ularning shakli va qiyofasiga o’tib, psevdomorfozalar hosil qiladi. Bu jarayon ko’proq rudali konlar atrofidagi tog’jinslari orasida bo’ladi. K. jarayoni oltingugurtli, kar- bonat angidridli va galoidli eritmalar hamda guminli kislotalar katnashuvi natijasida yuz beradi. O’zbekistonda K. juda keng tarqalgan, ayniqsa, rudali konlar atrofidagi tog’jinslarining o’zgarishi b-n bog’liq holda ko’p kuzati- ladi.