Kap tog’lari

Kap tog’lari — Afrika Janubdagi tog’lar, JAR hududida. Uzunligi 800 kilometr, eng baland joyi 2326 metr. Soyliklar bilan ajralgan parallel tizmalardan iborat. Qumtosh va kvarsitlardan tuzilgan. Iqlimi qishi seryog’in o’rta dengiz tipidagi iqlim. Yog’in bir me’yorda yog’adi (yiliga 600-800 mm). Qishda cho’qqilar qor bilan qoplanadi. Shamolga teskari yon bag’irlari va ichki vodiylari landshafti chalacho’l. Yon bagirlari aralash o’rmonlar, doim yashil butalar bilan qoplangan. Bantbok milliy parki bor.