Kareliya bo’yni
Kareliya bo’yni — Boltiq dengizining Fin qo’ltig’i bilan Ladoga ko’li orasidagi bo’yin. Yer yuzasi gneys, granit, muzlik, ko’l-muzlik yotqiziqlaridan tarkib topgan. O’rtacha balandligi qariyb 50 metr (eng baland joyi 205 metr). Muzlik natijasida hosil bo’lgan ko’l ko’p. Igna bargli o’rmon bilan qoplangan. Sersuv Vuoksa daryosi kesib o’tgan. Fin qo’ltig’i sohilida kurortlar (Sestroresk, Zemnogorsk, Repino, Solnechnoe va boshqalar) bor. Turizm rivojlangan. 17-asr boshidan Shvetsiya tasarrufida bo’lgan. 1721 yil Rossiyaga qo’shib olingan. 1918 — 40 yillarda Kareliya bo’ynining ko’p qismi Finlyandiya tarkibida edi. 1940 yildan Rossiya egallagan.