Karniz

Karniz (nem. karnies) — 1) me’- morlikda bino devori ustiga muhofaza uchun maxsus (g’isht, yog’och, tosh ba’zan pax- sadan) ishlangan yoki o’rnatilgan bo’rtiq qism, bo’g’ot. Tomni ko’tarib turishga va tashqi devorni yog’ingarchilik ta’siri- dan himoya qilishga xizmat qiladi. Bi- nolarda ba’zan qavatlarni bir-biridan ajratib turadi. Me’morlik orderlari- da antablementning bo’rtib turadigan yuqori qismi. O’rta Osiyo me’morligida K.lar binoning tuzilishi, balandligi me’moriy qiyofasiga qarab, ularga mos va uyg’unlashgan holda ishlanadi (476-6. dagi rasmga q.); 2) stol, shkafning che- tini, uylarning ichki qismini bezashda devor tekisligidan chiqarib ishlangan turli o’ymakorlik, kesmakorlik ishlari, uylarning shiplari chetidan tarashlab ishlangan taxta, bezakli hoshiya; 3) Dera- za yoki eshik tepasida parda osish uchun yog’och, metalldan qilingan dor.