Kartel, kartel bitimlari
Kartel, kartel bitimlari (ital. cartelio — qog’oz, hujjat) — ishlab chiqaruvchilar yoki iste’molchilarning monopolistik birlashmalari shakli; bir tarmokdagi mustaqil korxonalar, firmalar, kompaniyalarning i.ch. va so- tishning umumiy hajmlari, narxlar, sotish bozorlari, har bir ishtirokchi- ning hissasi, ishchi kuchi yollash va b. to’g’risida bitimi. K. tashkil etish- dan asosiy maqsad birlashma ichida raqobatni bartaraf etish, cheklash va ushbu kelishuvda qatnashmagan firmalar tomonidan bo’ladigan tashqi raqobatni bostirish yo’li b-n foydani oshirishdan iborat. K.lar i.ch.ning kontsentrasiyalashu- VI va kapitalning markazlashuvi b-n bog’liq holda 19-a. oxirida paydo bo’ldi. 20-a.ning 1-yarmida Germaniyada keng tarqaldi. Amerikada trestlarga qarshi qonunlar chiqarilib, ayrim sohalarda K. tuzish taqiqlandi, lekin shunga karamay, maxfiy K. bitimlari davom etdi. K. 20-a. ning 20-40-y.lari o’rtasida sanoatning ko’pgina sohalarida avj oldi. Hoz. davrda bir qator mamlakatlar- da K. bitimlari tuzish monopoliyaga qarshi Qonunchilik b-n taqiqlangan yoki ayrim tarmoqlar va i.ch. turlari yoki alohida sharoitlar doirasi b-n cheklan- gan. Jahonda son jihatidan unchalik ko’p bo’lmagan ishlab chiqaruvchilar o’rtasida muayyan bir tovar bo’yicha jahon bozo- rini o’zaro bo’lib olish, raqobat dara- jasidan ortiq bo’lgan foyda olish, xo- navayronlik raqobatiga yo’liqmaslik maqsadlarida xalqaro K. bitimlari tu- zildi. Hoz. sharoitlarda ham bir qancha qudratli xalqaro K.lar mavjud, OPEK unga yorqin misol bo’la oladi. Bozor monopoliyasiga karshi kurashda mayda va o’rta biznes K. bitimlaridan unumli foydalanadi. Risolat Ishmuratova.