Kasallik, betoblik, xastalik
Kasallik, betoblik, xastalik — organizmga tashqi yoki ichki muhitning zararli omillari ta’sir etganda ro’y beradigan patologik jarayon. K. haqidagi tushuncha tibbiyot tarixida o’zgarib bor- Di. K.ning paydo bo’lishida tashqi muhit omillari etakchi rol o’ynaydi, chunki ular organizmga bevosita ta’sir etish b-n birga uning ichki xususiyatlari- ni ham o’zgartira oladi, bu o’zgarishlar nasldan-naslga o’tib, unda K.ni yuzaga keltirishi mumkin. K., ko’pincha, haddan tashqari kuchli ta’sirotlar, turli mi-kroorganizmlar, zaharlar ta’sirida Vu- judga keladi. Bunda organizmning tashqi muhitga moslashuvi susayib, uning muhit b-n o’zaro muvozanati bu-ziladi. Organizmning rivojlanish nuqsonlari yoki irsiy kamchiliklar ham K.ka sabab bo’lish mumkin. Mas, muayyan kasalli- klar, xususan, allergik kasalliklarga ba’zan tug’ilishdan moyillik bo’ladi (q. Allergiya). K. paydo qiladigan agent organizmga ta’sir etib, uni zararlanti- radi, ayni chog’da bu agent organizmning himoya choralari va moslanish reaktsiya- lari safarbar bo’lishiga olib keladi. Demak, K., odatda, bir-biriga aloqador ikki jarayonning — zararlanish va unga qarshi himoyalanish jarayonining birga kelishi b-n ifodalanadi. Har bir K. umuman butun organism hayot faoliyatining buzilishiga olib ke- ladi, lekin ko’pgina K.larda dardning badandagi o’rni, shuningdek, ma’lum bir a’zo yoki sistemaning ko’proq za- rarlanganini ko’rsatadigan belgilar aniq ko’rinib turadi. Mac, me’dada yara borligi butun organizmning umumiy ka- salligi — yara kasalliginit mahalliy belgisi bo’lishi mumkin, yara kasalli- gi ko’pincha nerv sistemasi funktsiyasi- ning jismoniy yoki aqliy ishda haddan tashqari zo’riqishi, noxush xrdisalarni boshdan kechirish tufayli buzilishidan kelib chiqadi. Aksincha, faqat ma’lum bir joyni shikastlaydigan har qanday ta’sirot, albatta, qanday bo’lmasin umumiy hodisalarga sabab bo’ladi. Mac, badanning biror joyiga chipqon chiqsa, odam isitmalab, lanj bo’lib yurishi, ishtahasi yo’qolishi ma’lum va h.k. K.ning paydo bo’lish sabablari juda xilma-xil. U bitta omilning ta’si- ridan yoki bir qancha sharoitlarning birga qo’shilishidan kelib chiqishi mumkin. Mas, infektsion va parazi- tar K.lar organizmga ma’lum bir tur- dagi mikroorganizmlar va parazitlar ta’siridan, boshqalari esa bir qancha sabablarning birgalashib ta’sir eti- shidan kelib chiqadi (me’da shilliq qavatining yallig’lanishi — gastrit, odatda, tartibsiz ovqatlanish, kundalik rejimga rioya qilmaslik, chekish, ichki- lik ichish, shuningdek, boshqa a’zolar- ning K.lari oqibatida paydo bo’ladi). K.ni aniqlashda uning vujudga kelish sabablari (etiologiyasi), kasallik ja- rayonining rivojlanish mexanizmi (Pa- togenezi), klinik ko’rinishi (belgilari yoki simptomlari) va h. k.larga alohida ahamiyat berish talab etiladi. K.ning so- dir bo’lishi va o’tishida organizmning himoya kuchlari va moslanish imkoniyatla- ri hal qiluvchi rol o’ynaydi. K.ning o’tkir, o’rtacha o’tkir va surun- kali xillari bo’ladi. K.ning o’tishida 4 bosqich yoki davr: yashirin (latent), Pro- dromal (dastlabki), avj olish va tuzalish davri tafovut qilinadi. Birok, ko’pgina K.larning avj olishi va o’tishida bunday davrlarni ro’yirost ajratib bo’lmaydi. K.ning yashirin davri (infektsion K.larda bu davr inkubasion davr deb ata- ladi) zararlovchi agent ta’sir etgandan boshlab to dardning dastlabki belgilari paydo bo’lguncha davom etadi; bu davr bir necha lahzadan (shikastlanishda) bir necha yilgacha bo’lishi mumkin. Prodromal davr K.ning ilk bel- gilari paydo bo’lgandan boshlab to u ro’yirost avj olguncha o’tadigan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davrda, odatda, ta- laygina K.larga xos bo’lgan bosh og’rig’i, qaltirash, isitmalash, lanj bo’lish va b. boshlanadi. Xullas, bu davrda odamning dardga chalingani aniq bo’ladi-yu, Le- kin qanday K. b-n og’riganligini bilib bo’lmaydi. K.ka aniq tashhis qo’yish uchun xarakterli bo’lgan belgilar ko’pincha bu davrning oxirida, K. rasmana avj olgan paytda ko’zga tashlanadi, lekin ayrim hollarda bular notayin bo’ladi (K.ning bilinmaydigan shakli) yoki uncha avjiga chiqmasdan yo’qolib ketadi (K.ning abor- TIV shakli). Biroq, K. juda tipik bo’lib o’tayotgan hollarda ham biror asorat yoki boshqa bir dard qo’shilib qolishidan u boshqacha tus oladi. K.ning tugashi, ya’ni oxirgi tuzalish davri birdan boshla — nishi yoki asta-sekin o’tishi mumkin. Ayni vaqtda odam butunlay sog’ayib ke- tadi yoki biror a’zosida K.dan anchagacha yo’qolmaydigan asorat qoladi; ba’zan K. butunlay yo’qolmasdan, vaqt-vaqti b-n qo’zib turadigan surunkali xilga ayla- nadi. K.ning asorat qoldirmay, eson- omon o’tib ketishi ko’pincha unga qarshi o’z vaqtida davo qilish hamda vrachning hamma buyurganlarini bekamu ko’st baja- rishga bog’liq. Shuning uchun odam o’zini andek nosog’ sezganida darhol vrachga borishi kerak. Zamonaviy tibbiyot bemor ahvoliga juda jiddiy qarab, uni kompleks tarzda tek- shiradi; K.ning kelib chiqish sabablari va sharoitlari, avj olib borish mexa- nizmlari, qanday belgilar b-n o’tishi, organizmning K.ka qarshi qanday kura- shishi, himoya va moslashuv reaktsiyalari- ning qonuniyatlarini o’rganadi; olingan natijalarga qarab, K.ni aniklash, davo- lash va uning oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Har bir bemorga indi- vidual, ya’ni kasalligining xili, orga- nizmning holati va b. ko’pgina xususiyat- larga qarab davo qilinadi.