Kashtado’zlik
Kashtado’zlik, kashtachilik -kash- ta tikish kasbi, amaliy san’atning qad. sohalaridan biri. Arxeologik topilma- lar K.ning deyarli barcha xalklarda qad. ligini, iqlim, tabiiy sharoit, mu\it b-n bog’liq holda har bir xalqning madaniya-ti, san’ati, kasb-hunar turlari b-n bir- ga, ularning ta’sirida rivoj topganini ko’rsatadi. K.ning paydo bo’lishi teridan qilingan kiyimlarda bog’lam va choklar- ning yuzaga kelishi b-n bog’liq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga o’tish b-n, shuningdek, to’qish, mato to’qish, bo’yash va b. ishlar b-n bog’liq. K. taraqqiyotini qad. Osiyo, Evropa, Amerika madaniy yodgorlikla- ri, adabiy manbalardagi kashtalar tas- virida, shuningdek, saqlanib qolgan K. namunalarida kuzatish mumkin. K. mahsulotlarining eng qad. Nusxalari saqlanmagan. K. rivojlangan xalqlarda unga tasviriy san’atning ta’siri katta bo’lgan. Mac, 11-a.ga oid ingliz kashta- larida jang lavhalari aks ettirilgan. 12-a.ga mansub rus kashtalarida Vizan- tiya ikona san’atining ta’siri ko’zga tashlanadi. Xitoyda 14-a.dan «syuxua» (ignali tasvir) nomi b-n mashhur bo’lgan kashtali namoyonlar uslub jihatdan shoy- iga tush b-n ishlangan manzara janriga yaqin. Evropada K. Uyg’onish davrida yuqori pog’onaga ko’tarildi. Davrning buyuk ras- somlari (mas, Perujino, Bottichelli va b.) kashtaduzlar uchun andazalar tayyor- lab berishgan, bu esa kashtalarning ba- diiyligini oshirgan. K.da qimmatbaho toshlardan ham foydalanilgan, ip, jun, ipak, zar va kumush suvi berilgan iplar ishlatilgan. 18-a. da Evropada aslzo- dalar kiyimini bezashda kashtalardan foydalanib tayyorlangan K. buyumlari keng tarqalgan. 19-a.ning 2-yarmida kashta tikish ma- shinasi ixtiro etilgach, sanoati rivoj topgan mamlakatlarda K. korxonala- ri vujudga kela boshladi, i.ch.ni yo’lga qo’yilishi an’anaviy K.ni inqirozga uch- ratdi. K. dagi mavjud an’analar susayib ketdi, arzon baho mashina kashtalari kat- ta maxrrat va ko’p mehnat talab qiladigan qo’l kashtalarini siqib chiqardi. Le- kin bir qancha mamlakatlarda mashina kashtasi b-n bir qatorda qo’lda kashta tikishga alohida e’tibor berilmoqda, kashtado’zlarning ishlari muzeylarni, jamoat binolarini bezamokda. O’rta Osiyoda K. mahsulotlarining qad. xillari deyarli saqlanmagan. Mu- zeylardagi palak, so’zana, choyshab, kir- pech, zardevor singari badiiy buyumlar va kashtali kiyimlar faqat 19-a.ga mansub. 14-15-a.larga oid kitoblardagi mi- niatyuralar K.ning bu erda qadimdan keng rivojlanganini ko’rsatadi. Jum- ladan, Amir Temur saroyida yashagan is- Pan elchisi Rui Gonzales de Klavixo o’z esdaliklarida saroyda kashta bezaklari- ni tomosha qilganini yozgan. Behzod «Za- farnoma» qo’lyozmasiga ishlagan «Temur taxtda» miniatyurasida (1467) kashtali chodirni xam aks ettirgan. O’rta Osiyoda, ayniqsa, o’zbek, tur- kman, tojik ayollari urtasida K. keng tarqalgan. Kiyimlar oilada tayyorlan- gan, badiiy buyumlar (so’zana, kirpech, dorpech, choyshab, oynaxalta, choyxalta va b.)ning asosiy qismlari har bir xona- donning o’zida tayyorlangan. Kashta choklari, kashta tikish va US- lublarining turli-tumanligi o’zbek kashtado’zlarining katta san’atidan dalolat beradi. Mas, Nurota, Buxo- ro, Samarqand K. mahsulotlari ko’proq yo’rma chok b-n, Shahrisabzda yo’rma, Kan- daxayol, iroqi, Toshkentda esa ko’proq bosma chok b-n tikilgan. Ijtimoiy hayotda ro’y bergan o’zgarishlar K. an’- analariga, mahsulotning turlariga ta’sir ko’rsatgan. Mac, hozir bo’g’joma, dorpech, oynaxalta kabi ashyolar o’z ahamiyatini yo’qotdi, paranji, kaltacha kabi kiyimlarni faqat muzeylardagina uchratish mumkin. Do’ppi, sumka, nim- cha, kavush, kirpech, so’zana kabi badiiy buyum va ashyolar zamonaviy did b-n bez- atilmokda, shakl va badiiy bezaklari- da katta o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbek kashtado’zlari buyum bezaklarida amaliy bezak san’atining boshqa turlaridagi naqshlardan andaza olganlar, kashtalar- da o’simliksimon tasvirlar, shox, gul- band, guldastalar ko’p uchraydi. Naqsh mujassamotida asosiy bezak matoning o’rtasida bo’lib, hoshiyalar qo’shimcha bezak hisoblanadi. Lekin hoshiya bez- agi mahorat b-n ishlangan kashtalar ham ko’p. Ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikda uchraydigan islimiy gul (naqsh) lar K.da ham ko’p uchrashi chizmakash (naqqosh)lar amaliy bezak san’atining turli sohalariga chiz- ma (naqsh)lar tayyorlaganini ko’rsatadi. K.da chizmakashlar yaratgan naqsh(gul)lar asosida kashtado’zlar badiiy buyum yara- tadilar. K.da ishlatiladigan asosiy ish qurollari: igna, ilmoqli igna, ilmoqli bigiz, angishvona, chambarak va b.; keng tarqalgan chok turlari: bosma, kandaxayol, chindaxayol, xomdo’zi, yurma, iroqi popur, ilmoq, baxya va b. (yana q. Chok).