Katapulta
Katapulta (lot. kata — yuqoridan pastga va pallo — uloqtiraman, irg’itaman) — 1)harbiy ishda — bu- ralgan tolalar (soch, pay va b.) ning qayishqoqlik kuchi ta’sirida harakatga keltiriladigan uloqtirish mashinasi. Yunoniston va Rimda 5-a. oxirigacha, asosan, qo’rg’onlarni qamal qilishda, jang maydonlarida qo’llanilgan. K. tosh, g’o’lalarni, smola solib yondirilgan boch- kalar va nayzalarni bir necha yuz metrga uloqtirgan. O’rta asrlarda Sharq mam- lakatlari, shu jumladan, O’rta Osiyoda ham rasm bo’lgan. Uzbekistan hududida manjaniq va palaxmon deb atalgan; 2) samolyot, planyor va b. uchish apparatla- riga qisqa yo’l uchastkasida boshlang’ich (start) tezlik beradigan qurilma. K. harakatlantirish qurilmasi (aravacha- lar, mokisimon qurilma, ilgak va b.), yo’naltiruvchi qurilma (ko’pincha rele- lar) va uchirib yuborish mexanizmlari- dan iborat. Harakatlantirish qurilmasi (uchish apparati mahkamlangan) yo re- aktiv dvigatel b-n ishga tushiriladi yoki biror ish jismi (bug’, porox gazi, qisilgan havo, prujina, rezina tizim- cha va b.) energiyasidan foydalaniladi. Yugurish oxirida uchish apparatining harakatlantirish qurilmasi keskin to’xtaydi, uning ustidagi uchish appa- rati mustaqil uchishi uchun etarli tez- lik b-n ajralib chiqadi. Gorizontal yo’naltiruvchi qurilmali K. avianoses- larda, vertikal yo’naltiruvchi qurilmali K. uchuvchilarni mashq qildirish va in- songa qisqa vaqtli katta zo’riqish ta’- sirini tekshirish uchun samolyotdan kata- pultlash jarayonini er sharoitida baja- rishda qo’llaniladi; 3) kosmik kema kabi- nasidan katapultalanadigan o’rindiqni irg’itishni ta’minlovchi qurilma.