Katarakta
Katarakta (Yun. katarrhaktes — sharshara) — ko’z gavharining xirala- nishi. Bunda ko’zga tushayotgan yorug’lik nurlarining yo’li qisman to’silib qolib, ko’z ba’zan ko’rmay qoladi. Ko’z gavharining qaysi qismi xiralashgani- ga qarab, K.ning quyidagi turlari farq qilinadi: old vaorqa polyar K., xalta- li K. (gavharni o’rab turgan kapsulada bo’ladi), ya D rol i (gavharning markazi- da bo’ladi), urchuqsimon, qavatli yoki zo- nulyar, to’liq plyonkasimon, ko’p shaklli, po’stloq K.si (gavharning periferik qavatiga tushadi). Ko’z gavharida xirala- nishning boshlanishi birlamchi K. dey- ilsa, gavharning yadrosi yoki K. massala- ri olingandan so’ng paydo bo’lgan xirala- nish i k k i l a mchi K. deyiladi. K. tug’ma va hayotda orttirilgan bo’ladi. Ona qornida rivojlanayotgan homilaga turli tashqi (zaharlanish, gi- pova avitaminoz, nurlanish) va ichki (ona va bolaning rezus kelishmovchi- ligi) muhitlarning salbiy ta’siri, homiladorlik vaqtida onaning turli kasalliklar, ayniqsa, yuqumli kasalli- klar b-n og’rishi, shuningdek, nasldan- naslga o’tuvchi irsiy kasalliklar tugma K. ga sabab bo’ladi. Bunda gavharning xiralashishi juda sekin rivojlanishi mumkin, ayrim bemorlarda umr bo’yi o’zgarmaydi. Organizmda moddalar al- mashinuvining buzilishi, qand kasal- ligi, shuningdek, umumiy kasalliklar, ko’z shikastlanishlari va kasalliklari, yaqindan ko’rishning og’ir shakli, yuqori t-Rada uzoq ishlash, turli zaharli modda- lar va ionlashtiruvchi nurlar ta’sirida orttirilgan K. yuzaga keladi. Orttiril- gan K.ning qarilik, travmatik va asorat- li (glaukoma, iridosiklit, qand kasal- ligi va b.ning asorati sifatida) turla- ri bor. Orttirilgan K.da vaqt o’tishi b-n ko’z gavhari butunlay xiralashib qoladi. Qarilikdagi K. asta-sekin rivojlanadi, u ko’proq 55-60 yoshdan oshganlarda uch- raydi. Qarilikdagi K. ning boshlanish, etilmagan, etilgan va etilib o’tib ket- gan bosqichlari farq qilinadi, uning etilgan davri hammada har xil, bu odat- da, bemorning umumiy ahvoli va yoshiga bog’liq. Operasiya muddatini belgilash- da kasallikning etilgan bosqichi muhim. K.da dastlab bemorning kasal ko’zi oldi jimirlab, nuqta, chiziq va dog’lar paydo bo’ladi; yonib turgan lampa, shar yoki fo- narga shu ko’z b-n karaganda, u bir nechta bo’lib ko’rinadi. Bu — notekis xiralash- gan ko’z gavharining nur sindirish xusu- siyati buzilishi oqibatida ro’y beradi. Ko’zning xira tortishi uning boshqa ka- salliklarida ham kuzatiladi, shuning uchun, albatta, vrachga murojaat etish va kasallikni o’z vaqtida aniqlash lozim. Dorilar b-n davolanadi yoki mikroxi- rurgiya, ultratovush yoki lazer nurlari yordamida operasiya qilib xiralashgan ko’z gavhari olib tashlanadi.