Katta g’o’za biti

Katta g’o’za biti (Acyrthosiphon gossypii Mordv.) — afidiidlar oilasi- ga mansub qanotli yoki qanotsiz hasharot. Tanasining uz. 3,5—4,0 mm. Qanotli va qanotsiz tirik tug’adigan urg’ochilari och-yashil yoki sariq tusda bo’lib, ko’zlari qizil. Shira chiqazuvchi naychalari va dumi ingichka, tana uzunligining yarmicha keladi. Tuxum qo’yuvchi urg’ochisi sariq- qo’ng’ir tusli. Yil davomida bir necha partenogenetik (urug’lanmasdan tug’ish) va bitta jinsiy avlod beradi. Tuxum holida g’o’zapoya va yantoqda qishlaydi. G’o’za nihollariga 2-chin barg paydo bo’lishi b-n o’tadi. Iyulda va avg.ning boshlarida K. G’. b.ning har tupdagi soni 100— 200 ga etadi, so’ngra bir oz Kama- yadi, kuzga borib esa ularning soni yana ortadi. K. G’. b. — g’o’zaning eng xavfli za- rarkunandasi. Ular faqat barglardagina tarqalib qolmay, balki poya va gul-oldi qismini ham egallaydi; bu esa hosil or- ganlarining to’kilishiga sabab bo’ladi. Ko’zda bitlar najasidan ifloslangan paxta tolalarining texnologik sifati buziladi. Kurash choral ar i : hasharot soni har 100 o’simlikda 150-250 ta bo’lganda ich- dan ta’sir qiluvchi fosfororganik Pre- paratlar purkaladi.