KAZARMA

KAZARMA (italyancha caserma, lotincha Casa — uycha) — harbiy qism shaxsiy tarkibini doimiy joylashtirish uchun mo’ljallangan turar joy; xizmat va o’quv xonalariga ega bino. Qo’shinlarni joylashtirish uchun dastlabki maxsus inshootlar qadimgi Rim, Karfagenda mavjud bo’lgan. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida — har bir rota va alohida vzvod uchun maxsus Kazarma belgilangan.