Kefir
Kefir — sigir sutidan tayyorla- nadigan sut kislotali parhez ichimlik. Qaymog’i olinmay pasterizasiya kilin- gan yoki yog’i olingan sigir sutidan IVI- tib tayyorlanadi. O’nga sut kislotali va spirtli achitish jarayonini hosil qiladigan K. zamburug’ida yoki maxsus oziq muhitda tayorlangan tomizg’i qo’shib ivitiladi. K.ning tayyor bo’lish mudda- tiga ko’ra, chuchuk (bir kunlik), o’rtacha (ikki kunlik), nordon (uch kunlik) xil- lari bo’ladi. K. qanchalik uzoq, ivitil- sa, shunchalik ko’p spirt (0,2— 0,6 % gacha), sut kislotasi va karbonat angi- drid to’planadi. Sutni qayta ishlash korxonalarida yog’li (3,2 % sut yog’i) va kam yog’li (sut yog’i 0,05 % dan oshmaydi) K.lar ko’plab ishlab chiqariladi. K.dagi sut kislota va achituvchi bakteriyalar oshqozon-ichakdagi zararli mikroblar- ni yuqotishga yordam beradi, qabziyatni bo’shashtiradi.