Kelishik

Kelishik — ot yoki otlashgan so’zning boshqa so’zlar b-n aloqasini ko’rsatuvchi grammatik shakl. U ot shakli ekanligi holda, birikma yoki gap tarki- bida uning boshqa so’zga tobelanishini ko’rsatadi. Bu sintaktik munosabat ke- lishik shaklining o’zi b-n, ko’makchi yoki ko’makchi vazifasidagi so’z b-n birga ifo- da topishi ham mumkin. K. miqdori turli tilda har xil. O’zbek tilida 6 ta kelishik bo’lib, ular bosh (shaklsiz), qaratqich (shakli ning), tushum (shakli -ni), junalish (shak- li ga -ka -qa), o’rin (shakli -da), chiqish (shakli -dan) kelishiklaridan iborat. Shulardan qaratqich kelishigi ot tomo- nidan boshqarilib, hokim so’z egalik qo’shimchasini olib keladi: kitobning varag’i. Qolgan tushum, jo’nalish, o’rin, chiqish kelishikli otlar fe’l yoki si- Fat tomonidan boshqariladi: kitobni varaqladi, kitobga qaradi, kitobda yozil- gan, kitobdan olindi.