Kema
Kema — yuk va yo’lovchilarni ta- shish, baliq ovlash, suv ostidan foydali qazilmalar (mas, neft) ni qazish, sport mashklari va musobaqalari o’tkazish hamda harbiy masalalarni, i. t. ish-lari va b.ni bajarish, sayyohlik uchun mo’ljallangan suvda suzuvchi inshoot. Qadimda suzib yuruvchi vosita sifatida xodalar va suvda suzadigan boshqa narsa- lardan foydalanishgan. Xodalarni bir-biriga bog’lab qurilgan solni dastlabki K. deb hisoblash mumkin. Qad. Misr, O’rta Osiyo, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va b. mamlakatlarda qayiq va K.lar yasal- gan. Misrda dastlab qamish va papirus- dan yasalgan sol ishlatilgan. Ossuriyada hayvon terisidan tayyorlangan qopga havo puflab suvdan suzib o’tishda foy- dalanishgan. Shim. mamlakatlarda qayin po’stlog’idan qurilgan, daraxt tanasini o’yib yasalgan yoki karkasga hayvon te- risi tortilgan (chelnok) qayiqlardan foydalanishgan. Misrda qadimdan ko’p eshkakli dengiz K.si rasm bo’ldi. Bora- bora kemasozlik takomillashib, K.ning o’lchamlari va yuk ko’taruvchanligi ortib bordi, unga eshkak va elkanlar o’rnatildi (mas, X. Kolumb «Santa Mariya» elkan- li K. — karavellada Amerikani ochgan, 1492). Rus mexanigi I. Kulibin 1772 y.da g’ildirak (charxpalak) li K.ni yarat- Di. Angliyada 1882 y. birinchi temir Pa- roxod (bug’kemasi) qurildi. 19-a. 40-y. larida vintli K. qo’llana boshladi. Bi- rinchi bug’turbinali K. («Turbiniya») Angliyada yaratildi (1894). Rossiyada du- nyoda birinchi bo’lib ichki yonuv dvigateli o’rnatilgan K. («Vandal») qurildi (1902). Keyinchalik elektr dvigatelli (1913, AQSh), gidromuftali (1925, Germaniya), 20-a. 50-y.larida suv osti qanotli K.lar paydo bo’ldi. K.larga gaz turbinalari, atom kuch qurilmalari o’rnatildi, atom turboelektroxodlar paydo bo’ldi. Hozir suv yo’llarida Pa-roxodlar, teploxodlar, elektroxodlar, atomoxodlar qatnaydi. O’zbekistonda qam qadimdan K.lardan foydalanilgan. Amudaryo va Orol den- gizida K.lar qatnagan. Ilgari, asosan, elkanli K.lar bo’lgan. 20-a. boshlari- da Amudaryo va Orol dengizida yuklar va yo’lovchilar tashilgan (mas, 1924 y. O’rta Osiyo suv yo’llarida 20 kema, 1500 qayiq qatnagan). 1923 y. O’rta Osiyo Pa- roxodchilik boshqarmasi tuzilgan (1956 y. u sobiq Ittifoq dengiz floti va- zirligi ixtiyoriga o’tkazildi). 1950 y. Termizda Daryo porti ochildi. Amuda- ryo sohillarida bir necha bandargohlar qurildi. 1980 y.ga kelib O’zbekistonda suv yo’llarining umumiy uz. 2800 km ga etdi. 1995 y. «Termiz Daryo porti», «xo- razm Daryo floti», «Qoraqalpog’iston Daryo floti» i. ch. birlashmalari tashkil qilindi. Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi tufay- li suv yo’llari keskin qisqardi. Respu- blika Daryo flotida 150 ga yaqin teploxod bor, suv yo’llarining umumiy uz. 1000 km ga yaqin (2002). Xalq xo’jaligi yuklari, asosan, Termiz — Hayraton, Sharlavuq — To’rtko’l, Xo’jayli — To’rtko’l, Xo’jayli — Beruniy, Qoratov — Taxia- tosh yo’nalishlarida tashiladi. Vazifasiga ko’ra, K.lar transport, ovchilik, sanoat-xo’jalik, ma’muriy- xizmat, harbiy, i. t. ishlarini bajaruv- chi, kemalarga xizmat ko’rsatuvchi tur- larga bo’linadi. Transport K.sida yuk, yo’lovchilartashiladi; ovchilik K. sida kit va baliq ovlanadi; sanoat-xo’jalik K.sida suv ostidagi neft burg’ilanadi; xizmat ko’rsatuvchi K. shatakka oluvchi, brandvaxtlar, kabel kemasi, muzyorar- lar, doklar, suzib yuruvchi mayoq va b.ga bo’linadi. Suzib yurish hududi va usuli bo’yicha K.lar dengizda, ichki suvlar va ara- lash suvlarda suzib yuradigan turlarga; o’ziyurar (paroxodlar, teploxodlar, elek- troxodlar, atomoxodlar) va shatakka oli- nadigan (barja, lixter); harakatlanish usuliga ko’ra, suv osti qanotli, havo yostig’ida harakatlanadigan turlarga bo’linadi. K.ning asosii qismlari: korpus, qurilmalar (rul, yakor, qayiqni tushirish-ko’tarish va b.), yong’inga qarshi, maishiy, suv b-n ta’minlash, shamolla- tish, havoni mo»tadillash tizimlari, energetik qurilmalar, harakatlantirgich. K. navigasiya asboblari, aloqa vositala — ri b-n ham jihozlanadi. Dengizda suzish K.ning muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Foydalanish-texnik ko’rsatkichlari — harakat tezligi, suzish uzokligi, pux- taligi, suv sig’imi, yuk ko’taruvchanligi, yo’lovchilar soni va b. Harbiy K.lar maxsus harbiy topshiriqlarni bajarish uchun mo’ljallanadi va tegishli harbiy texni- ka b-n qurollantiriladi. Bularga avia- noseslar, kreyserlar, qavo mudofaasi K.lari, radiolokasiya va dozor K.lari, suv osti K.lari, qo’riqchi K.lar, Torpe- do katerlari, suvga minalar qo’yuvchi va suvni minasizlantiruvchi K.lar kiradi. Harbiy K.lar va ularga o’rnatiladigan jangovar qurollar yangi elektron texni- ka yordamida boshqariladi. K.ni yaratishda loyihalash naza- riyasi, qurilish mexanikasi, mashina va mexanizmlar nazariyasi, material- lar qarshiligi, nazariy mexanika, ke- malar yasash texnologiyasi, kemasozlik iqtisodiyoti kabi fan va sohalardan keng foydalaniladi. K. yasash istiqboli K.larni universallashtirish va ixti- soslashtirish, K.lar yasash texnologi- yasini takomillashtirish, K.larning tezligini, yo’lovchilar va yuklar tashish quvvatini oshirish, suv osti qanotli va havo yostiqli K.larni ko’proq qurish va b.ga yo’naltirilgan. Ayniqsa, sayyohlik K.larining qulayligini oshirishga kat- ta e’tibor berilmokda, chunki aviasiya va t. y. transportida falokatlarning ko’payganligi K. sayyohligi taraqqiyotiga yo’l ochib berdi.