KEMBRIJ UNIVERSITETI

KEMBRIJ UNIVERSITETI — EV ropadagi qad. un-tlardan biri, 1209 y. Buyuk Britaniyaning Kembrij sh.da tashkil etilgan. 16-a.da un-t Angliyada Reformasiya, 17-a.da o’sha davrdagi ilg’or fan markaziga aylangan. 1669-1702 y.larda I. Nyuton K. u. prof. bo’lgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida fizika- dagi ilmiy inqilobda un-tning Kaven- dish lab. muhim rol o’ynagan; bu lab. da J.K.Maksvell, P. Dirak, J. Tomson, E. Rezerford ishlagan. Filol., musiqa, sharqshunoslik, iqtisod va siyosat, ta- rix, huquq, falsafa, injenerlik geol. va geogr., mat., fizika, kimyo, arxeologiya, biol., tibbiyot, ped., antropologiya va b. ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Fisuilyama muzeyi, klas- sik arxeologiya, arxeologiya va etn., zool., geol., fan tarixi muzeylari, rasadxo- na, botanika bog’i, q.x. stantsiyasi va b. bor. 13 mingga yaqin talaba ta’lim ola- Di. Kutubxonasida 3 mln.dan ortiq asar saqlanadi.