Kemerovo
Kemerovo (1925-32 y.larda Shche- glovsk) — RFdagi shahar, Kemerovo viloyati markazi, Iskitim daryosining Tom daryosiga quyilish erida, Tom da- ryosidagi pristan. Transport yo’llari tuguni. Yurga st-yasi orqali Transsi- bir magistrali b-n bog’langan. Kuzbass ko’mir havzasining markazi. Aholisi 500,7 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Kimyo («Ximprom», «azot» va boshka i. ch. birlashmalari), mashinasozlik (kimyo mashinasozligi, elektrotexnika, elektr dvigatellari, «Kuzbasselektromotor», «Strommashina» z-dlari), engil, oziq- ovqat, mebel va qurilish material- lari sanoati korxonalari bor. 5 oliy o’quv yurti (shu jumladan, un-t), 3 teatr, o’lkashunoslik, tasviriy san’at muzey- lari mavjud. K. 1918 y. Shcheglovo (1720 y.da asos solingan) va Kemerovo (1863 y.da asos solingan) qishloqlaridan Vu- judga kelgan. K. atrofidan toshko’mir qazib olinadi.