Kemiruvchilar

Kemiruvchilar (Rodentia) — sut emizuvchilar sinfiga mansub hayvonlar turkumi. 1600, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 2000 ga yaqin turi ma’lum. Tana- si g’o’lasimon, uz. 5-130 sm. Ko’pchilik K.ning oyog’ida er kavlashga moslashgan tirnoqlari bor. Boshi uzunchoq, tepasi yassi. Ko’zi turtib chiqqan, ba’zilarida esa rivojlanmagan (mas, ko’rsichqonlarda). Labida qilsimon mo’ylovi bor. Qoziq tishlari ko’rinib turadi. Ba’zi K. (nu- triya, ondatra va b.)ning mo’ynasi sanoat ahamiyatiga ega. K.ning ko’pchiligi q. x. zararkunandasidir. O’rta Osiyoda uchray- digan eng yirik K.: jayra (Hystrixhirsu tirostus Vg.); sariq yumronqoziq (Citellus falvus oxianus Thorns.) — beda ekiniga, daladagi g’allaga, tokzorlarga, mevali bog’larga zarar keltiradi va o’lat kasalli- gini tarqatadi. Terisi qadrlanadi. O’rta Osiyoning tekislik qismida tarqalgan. Tanasi 30 sm cha; rangi qumsimon sariq- qoramtir aralash. Dashtlarda yashaydi. Mavsumda bir marta ko’payib, 6-8 bola tug’adi; qadimgi yumronqoziq (Citellus relectus Kaschk.) — qir-adirlardagi bug’doy, arpa ekinlarini shikastlaydi. O’zbekiston va Qirg’izistonning tog’li hududlarida tarqalgan. Tanasi 22 sm cha; 4 tagacha bola tug’adi; Turkiston olma- xoni (Dyromus nitedula angelus Thorns.) — o’rik va b. mevali daraxtlarga zarar keltiradi. O’rta Osiyo va Qozog’istonning tog’li hududlarida tarqalgan. Tanasi 10 sm cha. Mavsumda 1-3 marta 2-6 tadan bola tug’adi; kichik qo’shoyoq (Allactaga elater Zicht.) g’alla va b. ekinlarni za- rarlaydi. O’rta Osiyo, Jan. va Markaziy Qozog’iston va b. joylarda tarqalgan. Kattaligi 9,5—11,5 sm. Orqa oyoqlari oldingisidan anchagina uzun. Cho’l va yarimcho’llarda yashaydi. Tunda faol; kuzda uyquga kiradi. Yilda uch marta urchiydi; Turkiston kalamushi (Rattus turkestanicus satun) — O’rta Osiyo va Qozog’istonda tarqalgan. Ombor mahsulotlariga zarar keltiradi; o’lat kasalligini tarqatishi mumkin. Tanasi 20 sm cha. Usti qo’ng’ir- kulrang, qorin tomoni sarg’ish-oq. Yilda bir necha marta urchib, 8-10 bola tug’adi; plastinka tishli kalamush (Wesokiaindica Gray.) — beda, g’alla, sholi, bug’doy, makkajo’xori, poliz ekinlari, ba’zan g’o’za hamda daraxtlarni shikastlaydi. O’zbekistonning Jan. qismi, Turkmani- ston, Tojikiston va b. mamlakatlarda tarqalgan. Kulrangdan malla tusgacha. Aholi punktlariga yaqin erlarda, ariq va Daryo qirg’oqlarida tarqalgan. To’da bo’lib yashaydi; Sever so v sichqoni (Musmusculus severtrovi Kaschk.) — uy za- rarkunandasi. Oziq-ovqat mahsulotlari, teri, kitoblarga zarar keltiradi. Ta- nasi 9-10 sm. Usti qo’ng’ir kulrang, qorin qismi oq; ko’rsichqonlar (Ellobius talpinus Pall.) — beda va b. ekinlarni zararlaydi. O’rta Osiyo, Qozog’iston, Za- Kavkaze va b. hududlarda tarqalgan. Tanasi 9-12 sm. Usti sarg’ish jigar- rang, ba’zan qo’ng’ir. O’simlik qoplami qalin joylarda tarqalgan. Er ostida yashaydi. Qishki uyquga kirmaydi. Mav- sumda 3 marta urchiydi; jamoatchi dala sichqon (Mikrotus socialis Pall.) — ba’zan bug’doy, arpa, kartoshkani shikastlay- Di. Jan. Qozog’istondagi tog’oldi erla- ri hamda tog’larda, Qirg’iziston, Jan. Turkmaniston va b. erlarda uchraydi. Kattaligi 9-11 sm; sarg’imtir qo’ngir, qorin tomoni oq. Eversman qumsichqoni yoki qizildum qumsichqon (Pallasiomys erythrourus ssp. eversmanni Bagd.) — O’rta Osiyodagi xavfli kemiruvchi zararkunan- dalardan, g’o’za, bug’doy, poliz ekinlarini zararlaydi. Turkmaniston, O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’izistonning ba’zi hududlarida tarqalgan. Tanasi 15 sm cha. Usti kulrang-sarg’ish, qorin tomoni oq. Yil bo’yi faol hayot kechiradi. Yiliga 3-4 marta urchiydi; katta qumsichqon (Rhombomys opimus Zicht.) — sug’orish kanallari qirg’oqlarini, yaylov va b.ni shikastlaydi. O’rta Osiyo va Qozog’iston cho’llarida tarqalgan. Tanasi 17-20 sm. Usti malla sarg’ish, qorin tomoni oqish. To’da bo’lib yashaydi; qishki uyquga kir- maydi. Kunduzi faol. Kurash choralari: mexanik va fizik himoya usullarini qo’llash (yana q. Ombor zararkunandalari). Ad.: Yaxontov V.V., Vrediteli sel- skoxozyaystvennix rasteniy i produktov Sredney Azii i borba s nimi, T., 1953; Nikiforov N.I., Meri borbi s grizu- nami, M., 1987.