Kerayit, keroit

Kerayit, keroit — 1) turkiy-mo’g’ul xalqlari tarkibidagi kad. Qabilalardan biri. O’rta asrlarda (10— 11-a.lar) Onon va Kerulen daryolari (Mo’g’uliston)ning yuqori oqimlari, shuningdek, tola Daryo- si bo’ylarida yashab, bir necha qabilalarga (kerayit, jirkin, konkant, saqant, tuma- ut, albat) bo’lingan. 11 — 13-a. boshida o’z davlatlari bo’lib, u Vanxon To’g’ril davrida inqirozga uchragan. 1203 y. Van- xon Chingizxondan engilgach, bu davlat mo’g’ullar tasarrufiga o’tgan; K.larning aksariyati keyinchalik mo’g’ullar istilo- sida qatnashgan. K.larning bir guruhi 13-a.oxirida Ozarbayjonning Jan.ga kelib, mahalliy xalqlar b-n aralashib ketgan. K.larning bir qismi Chingizxon- dan engilgach, Dashti Qipchoqqa qochib kelib o’rnashgan va keyinchalik (14-a.) Dashti Qipchoq o’zbeklarinij qabila Ittifoqiga qo’shilib Islom dinini qabul qilgan. 16-a. boshida Shayboniylar b-n birga Movarounnahrga kirib kelgan va keyinchalik o’troqlashib o’zlarining qabila-urug’nomlarini unutib, o’zbeklar tarkibiga singib ketgan. «Nasabnomayi o’zbek» va «Asomiyi navodu du firqayi o’zbek» («to’qson ikki o’zbek qabilasi ismi») asarlarida boshqa o’zbek urug’- qabilalari qatorida sanab o’tilgan. Dashti Qipchoqda qolgan K. qozoqlar, boshqirdlar va no’g’oylar tarkibiga kir- gan. O’zbekistonda 1920-26 y. ma’lumot- lariga ko’ra, K.lardan Jizzax uezdida 600 kishi, Kattaqo’rg’on uezdida 250 kishi va Buxoro vohasida 230 kishi yashagan. 2) Qozoqlarning kichik juz tarkibidagi qabila nomi. 19-a.da Sirdaryo bo’ylaridako’chmanchilik qilgan. K.larning tamg’asi ± shaklda bo’lgan. Ad.: Rashid-ad-din, Sbornik letopi- Sey, t.1, kn. 1, M.—L., 1952; Abdulg’oziy, Shajarayi turk, T., 1992; Axmedov B.A., Istoriko-geograficheskaya literature Sredney Azii XVI—XVIII vv. Pismen- Nie pamyatniki, T., 1985; Radlov V.V., Iz Sibiri, M., 1989.