Ketonlar

Ketonlar — karbonil guruhi (>S=o) ikki organiq radikal b-n bog’langan organiq birikmalar. Radi- kallarining tabiatiga qarab, alifatik, alisiklik va aromatik K.ga bo’linadi. K.ning aralash xili ham bor. Olinish usullari va kimyoviy xossalari al- degidlarga o’xshaydi. K. sanoatda ik- kilamchi spirtlarni oksidlab yoki ka- talizator ishtirokida degidrogenlab olinadi. K. qaytarilganda ikkilamchi, magniygalogenorganiq birikmalar b-n uchlamchi spirtlar hosil qiladi. Kar- bonil guruhdagi kislorod ba’zi mod- dalar b-n oson almashinadi. Kislota va ishqorlar ta’sirida kondensatlanadi (q. Kondensatlanish reaktsiyasi). K. ko’pgina sohalarda qo’llaniladi. Chunonchi: tsiklo- geksanon kapron tolasi uchun boshlang’ich mahsulot hisoblanadi. Ular, shuningdek, polimerlar, pestisidlar, stabilizator- lar, fotomateriallar tayyorlash, dori, xushbo’y moddalar va b. olishda erituvchi, ekstragent sifatida ishlatiladi (q. Io- nonlar).