KEYNSCHILIK

KEYNSCHILIK — J.M. Keynsning fikrlarini ilgari suruvchi yo’nalish bo’lib, uch oqimi mavjud: 1. Ong oqim — o’ta reaksion oqim, qurollanish tarafdori, tartibga solish takliflari bor. Germaniya va Italiyada keng tarqalgan. 2. Liberal oqim — monopoliya manfaatlarini himoya qiluvchi va qurollanishni inkor etuvchi oqim. Uning asosiy vakili Jenni Robinson xonim. Bu oqimda kasaba uyushmalariga keng о Yin berilgan. Fransiyada “dirij izm” (dirijor sozidan olingan) nazariyasi vujudga kelgan. 3. Yangi keynschilik, keyinroq ortodoksal keynschilik — J.M. Keyns qoidalari to’la qabul qilingan holda A. Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan to’ldiriladi. A. Xansen va K. Klark multiplikator prinsipini akselerator prinsipi bilan to’ldirdilar, industriallangan investitsiya tushunchasini kiritdilar. Imperativ (zaruriy) va Indikativ (taklif majburiy emas) rejalashtirishlardan foydalanish mumkinligi aytiladi (Fransiya va bir qancha mamlakatlarda keng tarqalgan). Asosiy vakillari fransiyalik G. Ardan, G. Mendes-Frans, F. Perru, S. Harrislardir. Yangi keynschilik o’rniga postkeynschilik vujudga keldi. Uning vakillari J. Robinson, N. Kaldor, P. Sraffa (Angliya), L. Eyxner, Vayntraub (AQSh). Bu oqimda o’sish va taqsimot markaziy deb hisoblanadi. Iqtisodni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish taklif etiladi.