Keynschilik

Keynschilik — iqtisodiyot na- zariyasidagi etakchi yo’nalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning o’zaro ta’sir ko’rsatishini tahlil qilish aso- sida bozor xo’jaligi faoliyati mexa- nizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amali- yotini asoslab beradi. 20-a.ning 30-y. larida paydo bo’ldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi J.M.Keyns. K.ning asosiy tamoyillari uning «bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) asa- rida bayon etilgan. 20-a.ning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bar- taraf etish, chuqur iktisodiy tangli- klardan chiqish yo’llarini izlash tar- zida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bo- zorning to’la samaradorligi va o’z-o’zini tartibga solish g’oyalari amalda to’la o’z tasdig’ini topmadi. K.ning asosiy g’oyasi — bozor iqtisodiy munosabatlari ti- zimi nomukammal, shu sababli Maksi- mal darajada bandlikni va iqtisodiy o’sishni faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ta’minlay oladi. Keyns bo- zor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangli- klarning asosiy sababini shaxsiy is- te’mol buyumlari va i.ch. maqsadlaridagi mahsulotlarga «samarali talab» (tad- birkorlarning eng yuqori foyda olini- shini ta’minlaydigan talab)ning etarli hajmda bo’lmasligida ko’radi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini ko’rsatadi. «Samarali talab» 2 omillar guruhiga — iste’mol tovarlari bozori va i.ch. vositalari bozoriga bog’liq. Is- te’mol talabi hajmi «iste’molga moy- illik» va «asosiy ruhiyat qonuni» b-n aniqlanadi. Bu qonunga ko’ra, jamiyat- ning ruhiyati shundayki, umumiy Real da-romad ortishi b-n umumiy iste’mol orta- Di, ammo bu o’sish daromadlar o’sishidan past bo’lgani sababli iqtisodiy o’sishga yordam beradigan jamg’armalar hosil bo’ladi. Keyns o’zining «bandlik nazariyasi» asosida iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillarini ilgari surdi va davlat- ning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosa- ti dasturini ishlab chikdi. Muvozanat holatida aholining ish b-n ta’minlani- shi, bandlik darajasi umumiy taklif, iste’molga moyillik va investisiya hajmiga bog’liq. Bandlik darajasi is- te’molga moyillik ortgan sharoitlarda, investisiyalar hajmi ko’payganda ham ro’y beradi, iste’mol tovarlari va i.ch. vositalariga talabning ortishi taklif- ning o’sishiga olib keladi, o’z navbatida, o’sib boruvchi taklif yanada bandlik or- tishini ta’minlaydi. Mehnat taklifi unga bo’lgan talabdan oshib ketsa ish- sizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, ishsizlikning bo’lishi bozor iqtisodiy tizimining o’zida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat is- te’mol va investision tovarlar xari- dori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga ta’sir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga ko’ra, to’la bo’lmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin. Keyns investisiyata katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investisiyalar i.ch. iste’molini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proportsiyalarni tiklash vositasidir. Investisiyalar qiymati b-n milliy daromad o’rtasidagi mikdoriy bog’liqlik multiplikator ta- moyilini qo’llash asosida aniqlanadi (q. Multiplikator nazariyasi). Shun- ga ko’ra, investisiyalarning har qanday o’sishi iste’molning katta solishtirma hissasi va o’sish sur’atlariga qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning ko’proq darajada yanada proportsional o’sishini ta’minlaydi. Shu sababli investisiya- larda mujassam bo’lgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat xarajatlarini ken- gaytirish, shuningdek, taqchilli byudjet- dan moliyalash yo’li b-n tartibga solish va rag’batlantirishning asosiy ob’ekti tarzida e’tirof etiladi. Davlat tomonidan iqtisodiy jarayon- larni tartibga solishning samaradorli- gi investisiyalar uchun mablag’lar topish, imkoni boricha aholini ish b-n to’la band qilish va foiz normasini qat’iy belgi- lashga bog’liq bo’ladi. Foiz stavkalari qanchalik past bo’lsa, investisiyalarga rag’bat shunchalik ko’payadi, investisi- on talab oshadi, bandlik o’sadi, ishsiz- lik kamayib boradi. I.ch. omillari (ka- pital, mehnat, er) qanchalik to’la jalb etilsa, amalda o’sib boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning mikdoriy nazari- yasi). Resurslar to’liq foydalanilmagan paytda ham narxlarning mo»tadilligi saqlanishi mumkin. Keyns nazariyasi bo’yicha pul massasini 2 marta oshi- rish narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3-6% ishsizlik norma deb qaraladi va «to’la bandlik» sifatida talqin etiladi. Keyns g’oyalari o’z davrida, 2-jahon urushi va undan keyingi yillari kat- ta ta’sirga ega bo’ldi, ammo bir qancha o’zgarishlarga uchradi. Ayniqsa, urush b-n bog’liq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan keyingi tiklanish yilla- ri ham bu g’oyalar ustun bo’ldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya). 20-a.ning 70-y.larida sanoati rivoj- langan mamlakatlar taraqqiyotida ijti- moiy yo’naltirilganlik kuchaydi (dav- lat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari ko’paydi, ishsizlik qam o’sdi, inflyasiya kuchli bo’ldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi davom etdi, iqtisodiy tsikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda Liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimal- lashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilan- Di. K. g’oyalari neokeynschilik vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi. Ad.: Razzo qov A. va b., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi, T., 1997; Yadgarov Ya.S, Istoriya ekonomicheskix ucheniy, M., 1999. Abduxalil Razzosov.