Kigizchilik
Kigizchilik — kigiz tayyorlash kasbi. Kadimdan, asosan, chorvachi- lik b-n shug’ullanadigan xalqlar orasida keng tarqalgan. O’rta Osiyo va Qozog’iston, jumladan, O’zbekiston hududi (Surxon- Daryo, Qoraqalpog’iston, Xorazm, Farg’ona vodiysi)da kigizning guldor, ifodali rang-barang naqshli turlari tayyorlan- gan. K. b-n, asosan, ayollar shug’ullanadi. Yuvib tozalangan va savalangan jun na- vlari bo’yicha (yuzlik, oraliq, orqaliq) ajratiladi. Ho’llangan jun namat (yoki bo’yra) qolip ustiga tekis yoyiladi: AV- val guli hosil qilinadi, so’ng oraliq va navbati b-n orqaliq qismlari bir te- kis yoyib chiqiladi, ustidan qaynoq suv quyiladi, so’ng namat (yoki bo’yra) dumala- tib o’rab yig’iladi, arqon b-n bog’lanadi. O’ram oyoq b-n tepiladi, bilaklanadi, dumalatiladi, vaqt-vaqti b-n suv se- pib ho’llab turiladi. Ma’lum vaqtdan so’ng o’ram echiladi, suv sepiladi va yana o’raladi hamda tayyor bo’lgo’nga qadar bo- stirish davom ettiriladi. So’ng tayyor bo’lgan kigizga so’nggi pardoz beriladi, ya’ni chetlari tortiladi, tekislanadi, ortiqcha tuklari qirqib tashlanadi. K.da oq, kulrang va rangli kigiz xillari tay- yorlangan. Kigizning oyoq kiyimi ichiga Soli- nadigan yupqaroq turi (patak tayyorlash) ham K.da alohida bir sohani tashkil qiladi. 20-a.da sanoatda kigiz tayyorlash- ning yo’lga qo’yilishi K. taraqqiyotini birmuncha susayishiga olib keldi (yana q. Kigiz bosish).