Kimyoviy formulalar

Kimyoviy formulalar — mod- dalarning sifat va mikdor jihatidan tarkibi va tuzilishini kimyoviy belgi- lar, shuningdek, sonlar, harflar va b. b-n berilgan ifodasi. K.f. modda qanday elementlardan tashkil topganligi, bu elementlar o’zaro qanday nisbatda bi- rikkanligini hamda moddaning tuzili- shini ko’rsatadi. Mac, suvning formu- lasi N2O uning tarkibi vodorod (N) va kislorod (o) dan iborat ekanligini, bu elementlar 2:1 nisbatda birikkanligi- ni; natriy sulfat Na2SO4 esa uning molekulasi natriy (Na), oltingugurt (S) va kislorod (o)dan tashkil topganligi- ni, bu elementlar 2:1:4 nisbatda birik- kanligini; alyuminiy sulfid A12S3 esa 2 atom alyuminiy (A1) ga 3 atom ol- tingugurt (S) to’g’ri kelishini ko’rsatadi (yana q. Kimyoviy belgilar). K.f. 3 xil bo’ladi: empirik, rasio- nal va struktura formulalar. Empirik formulalar modda molekulasidagi atom- larning umumiy sonini ko’rsatadi. Mas, sulfat kislota H2SO4, etan S2N6, etil spirti S2N6O va x.k. Rasi-onal formu- lalarda ma’lum sinfga kiruvchi atomlar guruhi ajratib ko’rsatiladi. Mas, etan SN3SN3 yoki SN3— SN3, etil spirit S2N5ON yoki S2N5— on va h.k. Struk- tura formulalar esa moddaning tarki- bini, molekuladagi atomlarning joy- lashish tartibini hamda ushbu atomlar orasidagi kimyoviy bog’larning qanday taqsimlanganligini ko’rsatadi.