KIMYOVIY HIMOYA USULI
KIMYOVIY HIMOYA USULI (o’simliklar himoyasida) — o’simlik za- rarkunandalari, kasalliklari va begona o’tlarga qarshi kurashda kimyoviy modda- lardan foydalanish. Jahon q.x.da 1945 y.dan keyin bir qator samarali prepa- ratlar yaratilishi b-n keng qo’llanila boshladi. K.h.u.da faqatgina xo’jalik hamda sanitariya-gigiena jihatdan apro- basiyadan o’tgan va Davlat komissiyasi ruxsat etgan pestisidlar qo’llaniladi. Bu tadbirlarga rioya qilish q.x. mahsulotlarida pestisidlarning butun- lay qolmasligini yoki ular miqdorining yo’l qo’yilgan darajadan ortib ketmas- ligini ta’minlaydi. O’zbekistonda dehqonchilikning har bir tarmog’i uchun kimyoviy vositalarni qo’llash tadbir- lari, ya’ni har bir preparatning sarf me’yori, ishlov berishni boshlash hamda tugatish muddatlari va takrorlash soni belgilangan. K.h.u.da ko’riladigan tad- birlar 2 xil bo’ladi: oldini olish va zararkunandalarni yo’q qilish. Oldini olish tadbirlari zararkunanda orga- nizmlar o’simliklarni shikastlamasdan oldin o’tkaziladi (urug’likni dorilash, kimyoviy preparatlarni ekish b-n birga erga solish va b.); bu maqsadda foydala- niladigan pestisid o’z ta’sir kuchini qo’llanilgandan keyin ma’lum muddat saqlab turishi kerak. 3ararkunandalar- ni yo’q qilishga qaratilgan tadbirlar o’simlikni shikastlay boshlagan zarar- kunandalarga qarshi amalga oshiriladi. Buning uchun ishlov berishni butun ekin maydonlari yoki daraxtzorlarda optimal muddatlarda o’tkazish zarur. K.h.u.dan to’g’ri foydalanish uchun zararkunanda- lar sonini muttasil xisobga olish amal- ga oshiriladi, shuningdek, zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda ko’payishi prognozi tuziladi, ularning zarar keltirish imkoniyati darajasi aniqlanadi, himoya tadbirlarining sa- maradorligi baholanadi. Zararkunanda- lar keng tarqalgan joylarda K.h.u. tad- birlari ulardan boshqa samarali himoya choralari bo’lmagandagina o’tkaziladi. Pestisidlardan uzoq vaqt va ilmiy asoslanmai turib foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi — biosenoz muvozanati buzilishi, atrof-muhit if- loslanishi, zararkunandalarda bir yoki bir guruh kimyoviy moddalarga nisba- tan chidamlilik vujudga kelishi va na- tijada qarshi kurash samaradorligi keskin kamayishi mumkin (O’zbekiston paxtachiligi tarixida butifosda foydalanish bo’nga misol bo’ladi). Dehqonchilikda foydali organizmlarga zarar keltirmay, fakat ba’zi zararku- Nanda hasharotlargagina tanlab ta’sir qiluvchi kimyoviy vositalar, ayniqsa, qadrlanadi. K.h.u.da faqatgina zararku- nandalarni zaharlaydigan moddalardan emas, balki hasharotlar xatti-harakatiga ta’sir ko’rsatuvchi preparatlar — at- traktantlar, feromonlar, repellentlar, gormonal preparatlar va b. kimyoviy bi- rikmalardan ham foydalaniladi. Ki- myoviy moddalarning atrof-muhit uchun xavfeizligini ularni qo’llash usuli va muddatlarini to’g’ri tanlash b-n ta’min- lash mumkin. K.h.u. ni agrotexnik, bio- logik va b. usullar b-n birga kompleks olib borish foydali hasharotlarni mum- kin qadar saklab qolish hamda kimyoviy vositalar sarfini kamaytirish imko- nini beradi. Bunday tadbirlar tizimi har bir ekin uchun ular ekiladigan zona sharoitlarini hisobga olgan holda ish- lab chiqilgan (q. Gerbitsidlar, Integral himoya usuli, pestisidlar). Sulton Alimuhamedov.