KINDAKLITEPA

KINDAKLITEPA — O’zbekistonning Jan.dagi qad. qishloqxarobasi (mil. AV. 4 — mil. 6-7-a.lar). Qashqadaryo vohasining o’rta qismida, Qorabog’qishlog’i yaqinida. Mazkur qishloq xarobasi o’zi joylashgan tepalik (bal. 12 m, mayd. 0,25 ga) ning sha- Kliga ko’ra shunday nom olgan. 1955-57 y.larda Qashqadaryo arxeologiya-topogra- fiya ekspedisiyasi (rahbari V. D. Jukov) bu erda qazish ishlari olib borgan. Ar- xeologik tadqiqotlar vaqtida madaniy qatlamlar orasida puxta qilib qurilgan bir qancha to’rtburchak shakldagi inshoot- lar qoldiklari (tarhi 5,87×6,65 m, 6×7,5 m, 5×5,4 m) borligi aniqlandi. Saqlanib qolgan devorlarning bal. 0,7 m dan 3 m gacha, qalinligi 1,4 m dan 1,7 m gacha bo’lib, ba’zilari xom g’isht (54x32x11 sm3, 47x27x9 sm3, 58x32x9 sm3, 25×10 sm3) va ba’zilari paxsadan qurilgan. K.dan sopol idishlar siniqlari, ko’za va xumlar, kozon va o’choqlar, suyak, tosh, mis, temir va shishadan qilintan buyum- lar, chiroqdonlar, o’g’ir va yorg’uchoqlar, sopol muhr va tugmalar, urchuq hamda to’quvchilik dastgohlarida ishlati- ladigan konussimon, bikonussimon va yassi yuk toshlari hamda kulolchi- lik dastgohlari bo’laklari topildi. Urchuq va to’quv dastgoxlarida ishla- tiladigan yuk toshlari to’quvchilik K. aholisining asosiy mashg’ulotlaridan biri bo’lganligini ko’rsatdi. Mazkur ashyoviy dalillar va i.t.lar natijasida K. aholisining o’troq tarzda hayot kechi- rib, dehqonchilik va hunarmandchilik b-n mashg’ul bo’lganligi hamda keyinchalik suv tanqisligi oqibatida bu erni tark etganligi aniqlandi.