Kinematika
Kinematika (Yun. kinema — harakat) — mexanikaning bir bo’limi. Jism harakatini vujudga keltiruvchi kuchlarni hisobga olmagan qolda jism harakatining geometrik xossalarini o’rganadi. O’rganiladigan ob’ekt xossa- lariga ko’ra, nuqta, qattiq jism, defor- masiyalanuvchi jism, tutash muhit (gaz, suyuqlik, elastik jism) K.siga bo’linadi. Odatda, K. dinamikani o’rganishda qo’shimcha vosita hisoblanadi. Nuqta va qattiq jism K.sining asosiy vazifasi nuqta yoki qattiq jismning muayyan sa- nok, sistemasiga nisbatan harakatlarini (sanoq sistemasiga nisbatan nuqta va- ziyati koordinatalar b-n belgilanadi) va harakatlarning barcha kinematic tasniflari orasidagi bog’lanishlarni aniqlashdir. Nuqta tezligi (t>) va tezlanish (sh) uning harakatini ifodalovchi asosiy kinematik omillardir. Bo’lar harakat turiga bog’liq. Jismning eng od- diy harakati ilgarilanma va aylanma harakatdan iborat. Ilgarilanma harakat vaqtida jismning barcha nuqtalari bir- Day harakat qiladi; jism harakatini (traektoriyasini) ifodalash uchun bitta nuqtaning harakatini bilish kifoya. Har qanday jism to’g’ri va egri chiziq bo’ylab harakatlanadi. Harakat tekis to’g’ri chiziqli (yoki aylanma) hamda teqismas (o’zgaruvchi) bo’lishi mumkin. Teqismas harakatda tezlikning oniy (haqiqiy) yoki o’rtacha qiymati aniqlanadi. Tekis harakatda tezlanish nolga teng. Jism qo’zg’almas o’q atrofida aylanma harakat qilsa, bitta erkinlik darajasiga ega bo’ladi va uning vaziyati burilish bur- chagi (davri), burchak tezligi (chastota) va burchak tezlanishi b-n ifodalanadi. Erkin qattiq jism massa markazi b-n birga ilgarilanma va aylanma harakat qiladi. Artilleriya snaryadi, raqsta, FA- Zoviy jismlar va b. harakati bo’nga mi- sol bo’ladi. Deformasi ya l anu vchi muh i t l a r K.si deformasiyalar umumiy nazariyasi va muhitning uzluksizligi shartini aks ettiruvchi uzluksizlik tenglamalarini hamda uzluksiz muhit xarakatining tav- siflarini aniqlaydi. Tutash muhit K. muhit elementlar harakatini ularning deformasiyalanuvchanligini hisobga olgan holda bayon qiladi. Yorug’lik tez- ligiga yaqin bo’lgan harakat K.si haqida nisbiylik nazariyasida, mikrozarra- lar harakati haqida kvant mexaniqat qaraladi. K. usullari turli mexanizm- lar va b.da harakat uzatishni hisoblashda muhim ahamiyatga ega. Ad.: O’rozboe v M . T., Nazariy mexaniqa asosiy kursi (3-nashr), T., 1966; Rashi-dov T. R., Shoziyotov Sh., Mo’minov K. B., Nazariy mexaniqa asos- lari, T., 1990.