KINO DEKORASIYASI SAN’ATI

KINO DEKORASIYASI SAN’ATI— film voqealarini suratga olish uchun stsenariy asosida pavilon yoki ta- biiy sharoitda yaratilgan moddiy muhit (joy, jihozlar). Filmning turli epi- zodlarida deqorasiya turlicha ahamiyatga ega: ayrim hollarda tomoshabinga se- zilmaydigan zamin (fon) bo’lsa, ba’zan voqealarni yuzaga keltirib chiqaruvchi obrazli muhit vazifasini o’taydi. K.D.s. film rassomining film operatori va rej. b-n maslahatlashib yaratgan eskiz- lari asosida tayyorlanadi. Deqorasiya film orqali hikoya qilinayotgan tari- xiy voqealar, o’sha joydagi muhit va sha- roitni tomoshabin ko’z o’ngida gavdalan- tirishga, rej. va kinodramaturg ilgari surgan g’oyani tomoshabinga etkazishga xizmat qiladi. Dastlabki K.D.s. matog’a chizilgan. 20-a.ning 10-y.laridan hajmli qilib ishlana boshlagan, aktyor o’ynaydigan joy (old qismi) tabiiy hajmda ishlanib, yig’ma (muvaqqat) va doimiy foydala- niladigan pavilonlar qurilib, film o’zgarmas bir nuqtadan tasvirga olingan, deqorasiyaning old qismi b-n olis man- Zara (perspektiva)si uygunlashtirilgan. Texnikaning takomillashuvi, oddiy va ko’p kamerali tasvirga olish kompleks deqorasiya yaratishni yuzaga keltirdi: bunda dekorasiyani rejalash muhim ahamiyatga ega, chunki bir vaqtning o’zida bir necha ob’ektlarni tasvirga olishga to’g’ri keladi. Bu esa rassomdan o’ta katta topqirlikni talab qiladi. O’zbek K.D.s.ning rivojida B. Chel-li, V. Eremyan, V. Sinichenko, E. Kalontarov, S. Ziyomuhamedov, N. Rahimboev, B. Na- zarov, S. Alibekov va b. rassomlarning xizmati katta.