Kino qo’yish apparati

Kino qo’yish apparati, kino proektor (kino va lot. projectio — oldin- ga irg’itish) — kinoga olish apparati b-n kinolentalarga olingan kinofilmlar- ni ekranga tushirish uchun mo’ljallangan qurilma. U kinolentaning surilishini ta’minlaydigan tortish mexanizmi, Len- ta o’raladigan va bo’shaladigan kasseta- lar, Ekranni yoritish va tasvirni ekranga tushirish uchun yoritish-proektsiyalash ti- zimi, ovoz eshittirish qurilmasi, elektr energiyasi b-n ta’minlash va apparat ishini boshqarish qurilmalaridan ibo- rat. K.q.a.da kinolenta maxsus mexanizm (Malta mexanizmi yoki greyferli mexa- nizm) yordamida to’xtab-to’xtab (o’zlukli) harakatlanadi. To’xtab-to’xtab aylanuvchi tishli baraban ki-nolentani bitta kad- rga surib turadi. Bir kadrdan ikkinchi- siga o’tish vaqtida obtyurator yorug’lik nurlari oqimini to’sadi, lenta yana bir kadr surilganda obtyurator yorug’lik nurlari yo’lini ochadi. Shunda ekranga tasvir to’shadi. Bu jarayon shu tariqa da- vom etaveradi va juda tez (sekundiga 24 kadr) yuz bergani uchun tomoshabin orada- gi o’zilishlarni sezmaydi. K.q. a. ekran- ga tasvirni tushirish b-n birga fono- grammaga yozilgan tovushni ham tasvirga monand (sinxron) ravishda eshittiradi. K.q.a.ning muqim (stasionar) va ko’chma turlari bo’ladi. Muqim apparatlar ki- noapparatxonalarga doimiy o’rnatib qo’yiladi. Ularning yordamida kinofil- mlar ochiq yoki yopiq zallarda namoyish qilinadi. Ko’chma apparatlarni istal- gan joyga olib borib ishlatish mumkin. Ular b-n ochiq maydonlarda ham, yopiq zallarda ham kinofilmlar qo’yiladi. K.q. a. kinolentaning eniga qarab ham farqlanadi: 16 mm, 35 mm va 70 mm li kinolentalarga mo’ljallangan, uni- Versal hamda maxsus (doiraviy, ste- Reo-skopik va b. filmlarni namoyish qilish uchun mo’ljallangan) apparatlar bo’ladi. Bo’lardan tashqari, havaskor ki- nematograflar uchun mo’ljallangan appa- ratlarda eni 8 mm li kinofilmlarni qo’yish mumkin. Bunday apparatlarda, asosan, ovozsiz filmlar qo’yiladi. Ovozli filmlarni qo’yish uchun mag- nitofon va sinxronlovchi (tasvir b-n ovozning bir vaqtda ketishini ta’min- lovchi) qurilmadan foydalanish kerak. K.q.a.ning eng muhim ko’rsatkichi — ekranning yorqinligini ifodalaydigan foydali yorug’lik oqimi. U lyumen (lm) da o’lchanadi (350-50000 lm). Yorug’lik oqimini cho’g’lanma lampa, ksenon lampa yoki ko’mir yoyi hosil qiladi (yana q. Ki- notexnika).