Kinoshunoslik

Kinoshunoslik — kino san’ati haqidagi fan, san’atshunoslik sohasi; kino san’ati nazariyasi va amaliyotini, tarixi, uning taraqqiyot yo’llarini, shu- ningdek, aktyor ijodi, rejissura, kino- dramaturgiya muammolari, kinomusiqa, operatorlik san’ati va b. ni o’rganadi va tadqiq etadi. K. sohasiga kino naza- riyasi va tarixi, kino tanqidchiligi va qo’shimcha bo’lim sifatida kinobiblio- grafiya va Filmografiya kiradi. O’zbekistonda K. 20-a.ning 20-y.lari- dan boshlangan. Unda yozuvchi, jurnalist, muharrir va b. tomonidan kino haqida ko’plab maqola va taqrizlar yozilgan. 30-y.larda o’zbek kinosining boshlovchi- lari Nabi G’aniev, Sulaymon Xo’jaevlar ham kino haqida risola va maqolalar e’- lon qilganlar. 1949 y. da Zikrilla Kalo- novning «Sovet O’zbekistoni kinemato- grafiyasi» nomli birinchi kitobi o’zbek va rus tillarida chop etildi. 50-y.larda adabiyot sohasida ishlay- digan kinotanqidchilar va ilmiy xo- dimlarning bir guruhi milliy ekran san’atining rivojlanish jarayoni- ni o’rganishga kirishdilar. Bunga o’sha davrda ishlab chiqarilgan filmlar doirasining kengayishi, yirik kino ustalari guruhining shakllanib bora- yotganligi turtki bo’ldi. S. Muhamedov, R. Pirmuhamedov, M. Melkumov, A. AB- dullaev kabi kinochilarning o’zlari ham K. b-n shug’ullanganlar. O’zbek K. gining rasmiy rivoji 60-y.larning boshlaridan boshlangan. Bu San’atshunoslik in-tiga ishga kel- gan bir guruh kinoshunoslar faoliyati b-n bog’liq. Jo’ra Teshaboev, X. Abul- Qosimova, H. Akbarov, B. Hasanovlar shu- lar jumlasidan. Keyinchalik bu bo’limga M. Mirzamuhamedova, S. Xo’jaeva, V. Kosheleva, M. Zohidov, S. Hayitmetova qabilar kelib qo’shildilar. Bu davrda M. Aliev («Komil Yormatov», 1960), J. Te- shaboev («Komil Yormatov», 1964; «Sovet O’zbekistoni kino san’ati», 1968; «shu- kur Burhonov», 1968; «Asad Ismatov», 1968), X. Abulqosimova («Nabi G’aniev», 1965; «O’zbek kinosining tug’ilishi», 1967)larning kino san’atining rivoj- lanish jarayoni, taraqqiyot tarixi, o’zbek kino ustalarining ijodi va b. masala- larga oid asarlari yaratildi. Asosiy e’tibor endi milliy kino nazariyasi masalalariga qaratildi, milliy kinodramaturgiya va rejissu- ra rivoji, teatr aktyorlarining kino san’ati rivojiga qo’shayotgan hissasi, kinoning boshqa san’at turlari b-n o’zaro bog’liqligi kabi masalalarga ka- ratilgan asarlar yaratildi. O’zbek kino- sidagi an’ana va bunyodkorlik, milliy- lik va baynalmilallik, mashhur kino ijodkorlarining hayot va ijod yo’lini yoritishga alohida e’tibor qaratildi. B. Hasanovning «Malik Qayumov» (1970), «O’zbek hujjatli kinosi» (1972), H. AK- barovning «etuklik» (1971), «sehrli nur» (1977), X. Abulqosimovaning «Taniqli rejissyor» (1971), «Yo’ldosh A’zamov» (1972), «Shuhrat Abbosov» (1976), J. Teshaboevning «Qahramon — yirik planda» (1972), «taraqqiyot yo’li va izlanishlar» (1973), «ustaning Bax- ti» (1975), «O’zbek kinosi: an’ana va ijodkorlik» (1979) kabi asarlari nashr- dan chikdi. Bolalar kinosi va rivojiga bag’ishlangan, «O’zbekfilm»da yaratilgan bolalar va multiplikasion filmlar tavsiflangan M. Mirzamuhamedovaning «O’zbekistonda bolalar kinosi» (1976) kitobi nashr etildi. 80-y.larda yangi kitoblar b-n bir qatorda kino sohasidagi muhim muammo- larga bag’ishlangan tadqiqotlar amalga oshirildi. Ularda ko’proq respublika kino san’atining turli jabhalari, mil- liy san’atda o’zbek kinosining tutgan o’rni va roli, televidenie va televi- Zion filmlar muammolariga e’tibor berildi. H. Akbarovning «Zohid Sobi- tov» (1980), «adabiyot va kino» (1981), «Latif Fayziev» (1985), «O’zbekiston kino va televideniesi» (1989), M. Mirzamuhamedovaning «O’zbekiston bolalar kinosi» (rus tilida, 1982), S. Xo’jaevaning «60-70-yillar Osiyo va Afrika mamlakatlari kino san’atidagi ilg’or g’oyalar» (1982), J. Teshaboevning «O’zbek kinosi: izlanishlar va ishon- chlar» (1984), X. Abulkrsimova, J. Te- shaboev, M. Mirzamuhamedovalarning «O’zbekiston kinosi» (1985) kabi asar- lari shular jumlasidan. Mustaqillik yillarida kinochilik muammolarini yangicha, yangi davr nuqtai nazaridan hal etish yo’llarini izlash ko’zga tashlanadi. Bu yillarda nafaqat o’zbek kinosiga balki hind, turk, Arab mamlakatlari, qo’shni davlatlar kinema- tografiyasiga oid i.t. ishlari olib boril- Di. Shuningdek, o’zbek kinosining janr va turlari (multiplikasiya, hujjatli kino, komediya, teleseriallar va b.)ga bag’ishlangan tadqiqiy ishlar ham paydo bo’ldi. Kinoshunoslikbo’limi aspirant va ilmiy xodimlar b-n to’ldirildi. O’zbekistonda K. masalalari san’- atshunoslik ilmiy tadqiqot in- tining kino bo’limida o’rganiladi. K.ga oid maqolalar «san’at» jurnali, «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gaz. va b. nashrlar sahifalarida yoritib borila- Di (yana q. Kino san’ati). Jo’ra Teshaboev.