Kitob bosish

Kitob bosish — bo’yoqni bosma formadan qog’ozga o’tkazib, kitob, jurnal, gazeta va b. bosma mahsulotlari tayyorla- nadigan i.ch. jarayonlari. «K.b.»iborasi bosma kitob tayyorlash tarixi qaqida fikr yuritilganda ishlatiladi, zamona- viy K. b.da esa poligrafiya termini ancha keng tarqalgan. K. b.ning o’tmishdoshi ksilografik bosma bo’lib, unda bosila- digan butun bir bet yozuv taxtaga o’yib qo’yilardi. 11-a.dan boshlab Xitoyda ki- tobni qo’lda ko’chirishdan bosish usuliga o’tilgan. Biroq, bu usul keng rivojlan- madi. Faqat taxm. 400 y. o’tgandan so’ng Evropada harf terish shrifti ixti- ro qilindi. O’sha davrda bir vaqtning o’zida bir necha mamlakatlar — Germa- niya, Niderlandiya, Italiya, Frantsiyada bir-biridan mustasno bir necha ustalar bitta muammo — bosma mashina yaratish ustida ish olib borishgan. Hoz. vaqtda tarixchilar bu muammoni birinchi marta germaniyalik Iogann Gutenberg (1399— 1468) hal qilganligini aytishadi. Me- Tall shriftlarni matrisalarga quyish qurilmasi ixtiro qilingandan so’ng Evropaning ko’pgina shaharlarida ki- tob bosib chiqarila boshlandi. 1464 y.da Rimda birinchi K.b. stanogi o’rnatildi. 1470 y.larga kelib Frantsiya, Niderlan- diya, Shveytsariya, Ispaniya va Angliyada kitoblar bosib chiqarila boshlandi, Venesiya, Nyurnberg K.b. ishlari bo’yicha yirik markazga aylandi. 1500 y.larga ke — lib Evropaning 250 shahrida bosmaxona bo’lgan. Bosmaxona ishlarining rivoj- lanishi tufayli kitob umumiy siyosiy hayotda va madaniyatning rivojlanishida muhim rol o’ynadi. 1600 y.larda birin- chi gazeta, 1650 y.larda birinchi varaqa bosilib chikdi. Kitob bosishning key- ingi rivojlanishiga litog’rafiya (tosh- bosma) (1798) va tekis bosma mashina- si (1811) ning ixtiro qilinishi sabab bo’ldi. 19-a. o’rtalari — 20-a. boshlarida K. b. korxonalarida linotip, keyinroq rotasion, ofset bosma mashinalar ishla- tila boshlandi. O’zbekistonda bosma usul i b-n K. b. 19-a. 2-yarmidan keng tarqaldi. Tur- kiston harbiy okrugi shtabida (1868), Xivada (1874) Bosmaxonalar tashkil etilgandan so’ng Turkistonda birinchi bosma kitoblar chop etila boshlandi. 1870 y.da «Turkestanskie Vedomosti» va «Turkiston viloyatining gazetasi», 19-a. so’nggi yillarida «Srednyaya Aziya», «Sredneaziatskiy vestnik» jur.lari, 1906 y.da «taraqqiy» gaz., 1913 y.larda «Oyina» jur., 1914 y.larda «Sadoi tur- kiston», «Sadoi Fargona» gaz.lari chop etildi. Bo’lardan tashqari, «na-jot», «Turk eli», «Turon», «Ulug Turkiston», «Hurriyat» gaz.lari, «yurt», «chayon» jur. lari chika boshlagan. Bosmaxonalarda gaz. va jur.lardan tashqari ko’pgina kitoblar rus va o’zbek tillarida bosilib chiqa boshladi (yana q. Bosmaxona, Poligrafiya sanoati).