Kodekslash, kodifikasiya

Kodekslash, kodifikasiya — qonunlarni tizimga solish; normativ- huquqiy hujjatlar mazmunini qayta ishlash yo’li b-n ularni bir butunlik-ka keltirish jarayoni. K.da mavjud norma- TIV materialni shunchaki qayta ko’rish, joylashtirish b-n cheklanib qolmay, bar- cha mavjud normalar huquq tarmoqlariga muvofiq qaytadan ko’rib chiqiladi, qonunlarning eskirganlari olib tash- lanadi, yangilari ishlab chiqiladi, kam- chiliklari bo’lsa to’ldiriladi, alohida normalar o’rtasidagi tafovut va qarama- qarshi jihatlar bartaraf etiladi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon fuqarolik, oila, mehnat, soliq, jinoiy, ma’muriy javobgarlik qabilar to’g’risida 15 ta kodeks qabul qilinib, amalga kiritildi. Har bir kodeks o’z ichki mantiqiy mukammal tizimiga ega va uzoq muddatga mo’ljallangan.