Kogan Leonid Borisovich

Kogan Leonid Borisovich (1924.14.11, hoz. Dnepropetrovsk — 1982, Moskva) — zamonaviy skripka ijrochilik maktabining yirik namo- yandasi. Moskva konservatoriyasini tu- gatgan (1948). Moskva filarmoniyasida yakkaxon sozanda (1944 y.dan), Moskva konservatoriyasining o’qituvchisi (1952 y.dan), prof. (1963 y.dan), kafedra Mudi- ri (1969 y.dan). Romantik yo’nalishdagi, ko’pqirrali va rang-barang ijro uslubi o’zining ko’tarinki ruhi, teran falsa- fiy mazmundorligi, badiiy fikrlash qamrovi kengligi, ulug’vorligi va, ayni paytda, nozikligi, kuychanligi b-n AJ- ralib turadi. Repertuaridan mumtoz va 20-a. kompozitorlari asarlari o’rin ol- gan. 1951 y.dan boshlab jahon bo’ylab ga- strolda bo’lgan.