KOJARTEPA

KOJARTEPA — Qashqadaryo vohasidagi qad. shahar xarobasi (mil. 3-4 — 13-a. boshi). Shulluktepapyan 15 km masofada joylashgan. K. Ark (90 x 80 m) va Shahriston (580 x 300 m)dan iborat bo’lib, atrofi qalinligi 4 m lik mudofaa devori b-n o’rab olingan. K. qal’asi 3-4-a.larda qurilib, uning atrofida qishloq vujudga kelgan. 7-8- a.larda mudofaa devori b-n o’ralgan. 9 — 12-a.larda K. vohaning kichik savdo- hunarmandchilik markazlaridan Sanal- gan. Mo’g’ullar istilosi davrida vayron bo’lgan. Kojar qishlog’i hozir ham mav- jud. Ad.: Ahmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.