KO’K KIT
KO’K KIT, blyuval (Balaenoptera musculus) — yo’l-yo’l kitlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Dunyodagi eng yirik hayvonlardan biri, tanasining uzunligi 33 metrgacha, og’irligi 150 tonnagacha, usti ko’kimtir, qorni va biqinlari zangori. Qornida oqish yo’llari bor. Plankton organizmlar bilan oziqlanadi. 2-3 yilda bitta bola tug’adi, bolasini 7-8 oy emizadi. Bitta kit 15-20 tonna yog’ va 35— 40 tonna go’sht beradi.