KO’KQARG’ALAR
KO’KQARG’ALAR (Coraciidae) — balchiqchisimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. O’tkir yoki keng tumshug’ining uchki qismi ilmoqqa o’xshab qayrilgan. Pat rangi qo’ng’ir va qizg’ish aralash yashil-zangori tusda. Uchganida baland ovoz chiqaradi. 2 urug’i (ko’kqarg’alar, keng og’izlilar), 11 turi bor. Janubiy Yevropa, Afrika, Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. O’zbekistonda ko’kqarg’a (Coracias garrulus L.) hamma joyda uchraydi. Ko’kqarg’alar tanasining uzunligi o’rtacha 34 santimetr. Uchib ketuvchi qush. Afrikada qishlaydi. Daraxt kovaklariga, Janubda — jarliklarga in quradi. 4-6 ta tuxum qo’yadi. Asosan, hasharotlar, kuzda mevalar bilan oziqlanadi.