Kokslash

Kokslash — qazib olinadigan yoqil-g’ilar (toshko’mir va neftni qayta ishlashdan qolgan og’ir mahsulotlar) ni havosiz muhitda pechda 950-1050° t-ragacha qizdirib koks va kimyoviy xom ashyo hisoblangan qo’shimcha suyuq maxsu- lotlar olish uchun kimyoviy qayta ish- lash. Davriy va uzluksiz turlari bor. Davriy K. keng tarqalgan. Toshko’mirdan koks olish uchun dastlabki xom ashyo si- fatida boyitilgan, maydalangan va bir-biriga aralashtirilgan ko’mirdan foydalaniladi. Ko’mir 250° t-ragacha qizdirilganda undagi nam bug’lanadi, gazsimon mahsulotlar (uglerod oksidla- ri) ajralib chiqadi, 300-450° t-ragacha qizdirilganda qatronsimon modda ajralib chiqadi, ko’mir yumshoq mas- sa holiga keladi. Bu massa 500-550° t-Rada qattiqlashadi va g’ovak mahsulot — chala koks hosil bo’ladi, 750° t-ragacha qizdirilganda chala koks zichlashadi (un- dan, asosan, vodorod ajralib chiqadi) va yoriladi, 750° dan yuqori t-Rada chala koks koksga aylanadi. K. jarayoni 13-18 soat davom etadi. K. jarayonida koksdan tashkari koks gazi va sintetik material- lar, lok-bo’yoq va b. materiallar, kimyoviy mahsulotlar (toshko’mir qatroni, benzol va b.) olinadi (q. Koks kimyo’si). NEF- tni qayta ishlashdan hosil bo’lgan og’ir mahsulotlarni K.da metall kublar yoki maxsus pechlarda kokslab neft kokslari olinadi. Elektrodli kuydirilgan koks kuydirilgan toshko’mirni (toshko’mir qatronini haydashdan krlgan qoldiqni) ichiga dinas g’ishti terilgan pechlarda K. yo’li b-n olinadi.