Ko’kyo’tal
Ko’kyo’tal (Frans. cogueluche) -bo’g’ilib-bo’g’ilib yo’tal tutishi b-n kechadigan o’tkir yuqumli kasallik. Ko’pincha bolalarda uchraydi. Borde-Jan- gu tayoqchasi degan bakteriya qo’zg’atadi (uni kashf etgan belgiyalik J. Borde va frantsiyalik o. Jangu nomidan). Havo- tomchi yo’li orqali yuqadi. Kasal bola aksirganda, yo’talganda havoga tarqalgan shilliq tomchilaridagi K. tayoqchasi sog’lom bolaning nafas yo’llari orqali organizmga kiradi. K. qo’zg’atuvchisi bola organizmida 2— 15 kun davomida hech qanday kasal- lik alomatlarini paydo qilmasligi ham mumkin — bu inkubasion davr. Keyinchalik bola bir oz yutala bosh- laydi, yo’tal kun sayin zo’raya boradi, harorati ko’tariladi, bola injiq bo’lib qoladi, yaxshi uxlay olmaydi, ishtahasi yo’qoladi, bu — kataral davr bo’lib, 2 haftagacha davom etadi. Bolaning ahvoli asta-sekin yomonlasha boradi, ketma-ket qattiq yo’taladi va ikkinchi haftaning oxiri, uchinchi haftaning boshlariga kelib, xurujsimon yo’talga aylanadi, kasallik uchinchi davrga — spazmatik davrga o’tadi, u 1-5 hafta davom eta- Di. Yo’tal tutish davri kasallikning asosiy va doimiy alomati bo’lib, yo’tal 2-3 marta qattiq yo’talish b-n boshla- nadi, keyin tinmay ketma-ket kalta-kal- ta yo’talaveradi va nafasi ichga tushib ketib, tovush yorig’i qisqarishi natija- sida «g’iyq» degan tovush chiqadi. Yo’tal tutganda bolaning yuzi avval qizarib, keyin ko’karadi, ko’zi yoshlanib, unga qon quyilishi mumkin, tili osilib ketadi, bo’yin tomirlari bo’rtadi. Ozroq balg’am ko’chishi va ko’pincha qayt qilish b-n yo’tal tutishi to’xtaydi. Yo’tal tutgan payti- da bolani ko’tarib olish yoki o’tirg’izib qo’yish lozim, og’izda yig’iladigan shilliq ajralishini kamaytirish uchun boshini sal oldinga engashtirib ushlab turish kerak. Yo’tal tutmagan paytda bola o’zini yaxshi sezadi. Bora-bora yo’tal tutishi kamayadi, bolaning ruhi engilla- shib, sog’ayish davri boshlanadi, budavr 1-3 hafta davom etadi. Bola kasallik boshlangan kunidan tortib 30 kungacha yuqumli hisoblanadi. K.ga qarshi om- maviy emlash tufayli K. ning engilroq turi ko’proq uchraydi, bunda yo’tal tu- tish davri juda engil o’tishi yoki yo’tal tutmasligi ham mumkin. Emadigan va nimjon bolalarda K. og’irroq kechadi. K.ning og’ir xilidan keyin ko’pincha bu- Run qonashi, bronxit, zotiljam (aksari go’daklarda) kabi asoratlar kuzatiladi. Oldini olish. Shu maqsadda AKDS (adsorbirlangan kukyo’taldifteriya- qoqshol) vaktsivasi qo’llaniladi (bola- lar 5, 6, 7 oyligida, keyin 1-2 yoshida va 6 yoshida vrach buyurganida emlana- Di). Kasal bo’lmagan, lekin bemor b-n muloqotda bo’lgan bolalar ma’lum kunga- cha alohidalab qo’yiladi. Davosi. Kun tartibiga rioya qilish, sof havodan bahramand bo’lish, oz-ozdan, lekin dam-badam to’yimli ovqat berib turish tavsiya etiladi. Bemorni vrach davolaydi. K. bir umrga immunitet qoldiradi.