Kolibakterioz, esherixioz, kolibasillyoz, kolisepsis, kolienterit

Kolibakterioz, esherixioz, kolibasillyoz, kolisepsis, kolienterit — yosh hayvonlarda uchraydigan o’tkir yuqumli kasallik. Kasallik b-n buzoqlar, cho’chqa bolalari, qo’zi, parrandalar ka- sallanadi. Yangi tug’ilgan hayvonlarda patogen ichak tayoqchalari oshqozon-ichak organlarini zararlab, kuchli ich ketishi b-n kechadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi patogen ichak tayoqchasi (Escherichia sop)ning turli se- rotiplaridir. Homilaning ona qornida rivojlanishidagi o’zgarishlar, bo’g’oz hayvonlarni saqlash va oziqlantirish, parvarish qilishda zootexnik va veteri- nariya qoidalarining buzilishi kasal-likning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Infektsiya qo’zg’atuvchisi manbai — ka- sal yoki ilgari kasallangan hayvonlar, ichak tayoqchalari b-n zararlangan bo’g’oz hayvonlar, mikroorganizm yuqqan as- bob-anjomlar bo’lishi mumkin. Yosh hayvonlarda tug’ilgandan keyingi bi- rinchi kunlarda (3-5 kun) kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 1-2 kungacha davom etadi. Hayvonning tez-tez yomon hidli, ko’pik aralash ichi ketadi. Nafas olish, yurak urishi tezlashadi, ishtaha yo’qoladi, organizm suvsizlanadi va hayvon qaltirab, falajlanib o’ladi. Tashhis patalogoanatomik o’zgarishlar va bakteriologik tekshirishlarga qarab qo’yiladi. D a v o l a sh : maxsus tayyorlangan kon zardobi, gamma-globulin, antibiotiklar (neomisin, monomisin, tetrasiklin), nitrofuran (furazolidon) preparatla- ri. Oldini olish: bo’g’oz mollar Vita- minli ozuqalar b-n boqiladi va yangi tug’ilgan buzoqlarga vaqtida og’iz suti beriladi, asbob, idish va buzoqxonalar toza tutiladi, kasal hayvon alohida saqlanadi, ularga dezinfektsiyalovchi do- rilar va antibiotiklar beriladi. AB- dulla Ko’ranboev.