Ko’lshunoslik, limnologiya

Ko’lshunoslik, limnologiya -gidrologiya fanining ko’llarni o’rganadigan sohasi. K. ko’llarning kelib chiqishi, geografik joylashishi, mor- fologiya va morfometriyasini, ulardagi suvning fizik va kimyoviy xossalarini, ko’llarda uzluksiz sodir bo’lib turadi- gan jarayon va hodisalarning vujudga kelishi va rivojlanish qonuniyatlarini, ularning o’zaro va atmosfera hamda li- tosferadagi boshqa jarayon va hodisalar b-n bog’liqligini, ko’llarning o’simlik va hayvonot dunyosini o’rganadi. K. geogr. fanlari qatoriga kiradi, shu b-n birga geofizika, gidrokimyo, gidrobiologiya, geomorfologiya, geobotaniqa, meteorolo- giya va geol. b-n uzviy bog’langan. Ko’llar ekspedisiyalar uyushtirish va uzoq, yil- lar uzluksiz stasiovar kuzatishlar olib borish yo’li b-n o’rganiladi. K.da elektrometrik, fotometrik, akustik metodlar, aerofotos’yomka qo’llanadi. Ilmiy K.ka ilk bor 1901 y.da ushbu fan bo’yicha birinchi qo’llanma yaratgan va uzoq yillar Jeneva ko’lida tadqiqotlar o’tkazib kelgan shveytsariyalik olim F. Forel tomonidan asos solindi. O’rta Osiyo ko’llarini o’rganishga L. S. Berg, N. L. Korjenevskiy, N. G. Malliskiy, A. M. Nikitin kabi olimlar o’z hissasini qo’shgan. O’rta Osiyo, shu jumladan, O’zbekistondagi ko’llar va suv ombor- larini har tomonlama o’rganish hamda ulardan kompleks foydalanish masala- larini hal etish ustida O’rta Osiyo regi- oval Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot in-tining 1964 y.da tashkil etilgan kul- lar va suv omborlari bo’limida ilmiy izlanishlar olib borilmokda. Ko’p sonli suv havzalarini tiplarga ajratish va tasniflash maqsadida o’tka- ziladigan tadqiqotlar katta ahamiyatga ega. Ko’l yotqiziklarining stratigrafi- yasi va ko’llar suv sathining balandligi to’g’risidagi ma’lumotlar oldingi dav- rlarda iqlimning o’zgarishi, okean va quruqlik o’rtasidagi namlikning ayla- nishi va umumiy er bilimiga doyr boshqa masalalarni o’rganishda qo’llaniladi. K.ning yutuqlari xalq xo’jaligining suv ta’minoti, baliqchilik, suv xujali- gi, gidroenergetika, sug’orish, foydali qazilma boyliklarini qazib olish, tib- biyotda va mehnatkashlarni dam olishini tashkil qilishda foydalaniladi. Ko’llar va suv omborlarining if- loslanishi va ular tabiiy holatining o’zgarib borishi munosabati b-n, suv havzalaridagi suvning sifati- ni baholash, bashoratlash va muhofaza qilish K.ning bosh yo’nalishi bo’lib qoladi. O’zbekistonda oliy ta’lim tizimida K. fani o’qitilmokda. Ad.: Hikmatov F. H., Sirliboeva 3. S, Aytboev D. P., Ko’llar va suv ombor- lari, T., 2000.