KO’MAKCHI

KO’MAKCHI — yordamchi so’zlarning bir turi. Gapda ot yoki otlashgan so’zlardan keyin kelib, vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon sintatik munosabatlarni ifodalash uchun qo’llanadi. Ko’makchi aslida mustaqil so’zlardan hosil bo’lgan. Shunga ko’ra, 2 guruhga bo’linadi: 1) sof (asl) K.; 2) funktsioval Ko’makchi (ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar). Sof Ko’makchi mustaqil lug’aviy ma’nolarini batamom yo’qotgan yordamchi so’z bo’lib, boshqa so’zlar bilan birikkan holda turli munosabatlarni anglatadi: sayin, orqali, tufayli, yanglig’, bilan va boshqalar. Funktsional Ko’makchi mustaqil ma’noli so’zlar bo’lib, ma’lum o’rinlardagi va ko’makchi sifatida qo’llanadi. Funktsioval Ko’makchining morfologik shakl va ma’no xususiyatiga ko’ra turlari: 1) ot Ko’makchi (tomon, yon, o’rta va boshqalar); 2) sifat Ko’makchi (boshqa, qarshi, tashqari va boshqalar); 3) fe’l Ko’makchi (ko’ra, qarab, bo’ylab va boshqalar); 4) ravish Ko’makchi (burun, avval, ilgari va boshqalar).