KOMMUNIKATIV SIYOSAT

KOMMUNIKATIV SIYOSAT — l) korxonaning istiqboldagi harakatlar kursi hamda talabni shakllantirish, iste’molchilar ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarni bozorga olib kirish bo’yicha samarali va barqaror faoliyatni ta’minlovchi marketing tizimining barcha subyektlari bilan o’zaro harakatlarni tashkil etish va kommunikativ vositalar (kommunikativ miks) majmuasidan foydalanish strategiyasining mavjudligi; 2) rag’batlantirish majmuasini ishlab chiqish, yani biznes — hamkorliklarning o’zaro aloqalari samarali bo’ lishini ta’minlash bo’yicha, tadbirlar, reklamani tashkil etish, savdoni rag’batlantirish usullari, jamoatchilik bilan aloqa va shu kabilar.