Kommunizm

Kommunizm (lot. communis — umumiy) — xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli karashlar- ning umumiy nomi (ibtidoiy K., xayo- liy K., «kazarma» K.i va b.). Unga ko’ra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jami- yat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashqil qiladi. Bu g’oya «ideal jamiyat» nomi b-n Platon, keyinroq T.Mor, T.Kampanella, Sh.Fure va b.ning asarlarida ilgari surildi, K. yoki kom- munistik jamiyat nomi b-n 19-20-a. larda K.Marks, F.Engels va VM.Lenin asarlarida nazariy ifodasini top- Di. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, K. — kapitalizm o’rnini egallaydigan va o’z taraqqiyotida 2 bosqich (faza) — sosializm deb atala- digan quyi bosqich hamda to’la K. deb ata- ladigan yuqori bosqichni bosib o’tadigan ijtimoiy-iqtisodiy formasiyadir. K. nazariyotchilari bu ikki bosqichning o’ziga xos jihatlari hamda umumiy to- monlari mavjudligini ko’rsatishga urinishgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asos- langanligi, o’ziga xos tomoni esa — mehnat taqsimoti tamoyili b-n belgi- lanadi, deb uqtirishgan. Chunonchi, ular K.da «har kimdan qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha» tamoyili amal qiladi, «K.da muhim ijtimoiy ta- fovutlar bo’lmaydi, hamma teng bo’ladi», «davlat o’z vazifasini bajarib bo’ladi va barham topadi», deb hisoblashgan. K. g’oyasining asosida tarixni faqat materialistik tushunish, formasiyaviy qarash, sinfiylik va partiyaviylik ta- moyillariga asoslanish, proletariat manfaatlarinigina himoya qilish qabilar yotadi. Jamiyat taraqqiyoti qonunlariga, inson erkinligi, mustaqillik va de- mokratiya tamoyillariga zid bo’lgan bu g’oyalar sobiq SSSR hududida, «sosia- listik lager» deb atalgan jahon sosi- alistik sistemasi davlatlarida tatbiq qilindi. 20-a. ning 20-y.laridan zo’rlik yo’li b-n proletariat (amalda partiya) ning ma’muriy-buyruqbozlikka asoslan- gan diktaturasi o’rnatildi. Rivojlanish va taraqqiyotning xilma-xilligi, turli xalqlar va mamlakatlarga xos milliy- ma’naviy xususiyatlarning mavjudli- gi inkor etildi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining yagona kommunistik ja- miyatga borishini asoslashga harakat qilindi. Birok, K.ning «erkinlik», «tenglik» to’g’risidagi shiorlari soxta va asossiz ekanligi ma’lum bo’ldi. Hoz. vaqtda ayrim davlatlar so- tsializmni bozor munosabatlari b-n bog’lashga harakat qilmoqsalar, K. to’g’risidagi qarashlarga o’z xususiyat- larini hisobga olgan holda yangicha yondoshmoqdalar. Lekin yaqin o’tmishda K. yoki kommunistik jamiyat qurish yo’lini tanlagan davlatlarning aksariyati bu- gungi kunda mustaqil davlatlar sifa- tida o’zlariga xos rivojlanish yo’lidan bormoqdalar.