Kompozisiya
Kompozisiya (lot. Composition — tuzilish, birlashish, bog’lanish) — badiiy asarning mazmunan, xarak- teri va maqsadi jihatidan bog’langan qismlarining joylashishi. Tasviriy san’atda—rassom (haykaltarosh va b.) g’oyasini aniq ifo- da etish vositasi bo’lib, unda ijodkor- ning mahorati yorqin namoyon bo’ladi. K. orqali muallif chiziq, shakl, rang va ob- razlarni tartibga keltiradi, fazoviy kenglikni o’zlashtiradi va badiiy muhit yaratadi. K. asosini mantiqiylik, shakl aniqligi va ularning o’zaro uyg’unligi tashqil qiladi. Ijodkor yaratgan har bir asarining asosida K. yotadi, unda borliqni idrok etish jarayonida hosil bo’ladigan fikr, his-tuyg’ular o’z aksini topadi. K.ning «turg’un» va «dinamik», «ochiq» va «yopiq» xillari mavjud. K. tuzish ma’lum «qonun» (Kanon)lar b-n belgilangan va chegaralangan. Bu esa K. ifoda vositalarining torayishiga olib kelgan. Uyg’onish davrida «turg’un» va «yopiq» K., barokko san’atida «dinamik» va «ochiq» K. ustuvorlik qilgan. San’at tarixida qonunlarga bo’ysunib yaratil- gan K.lar va erkin kompozision usul- larga asoslanib K. yaratish harakatlari birday muhim rol o’ynagan. Uyg’onish davrida K.ni ilmiy asoslashga in-tilish kuzatiladi. Tasviriy san’atning har bir turi o’ziga xos kompozision uslublarga ega. Mac, kitob bezagi (rasm) mahobatli devo- riy rassomlik K.sidan farq qiladi. Shu- ningdek, K.ni idrok qilish ham turlicha bo’lishi mumkin. Mac, haykaltaroshlik asarlaridan relefni faqat old tomon- dan ko’rish mumkin. Aksincha, mahobatli yodgorliklarni esa aylanib tomosha qilish lozim. Haykaltarosh asar yarata- yotganda K. qonunlarini e’tiborga oli- shi kerak. Tasviriy san’atda ko’p shakl (figura)li kartina va haykallar ham K. deb ataladi. Me’morlikda — K. (mujassa- mot) bino (inshoot va ularning maj- mualari)ning tuzilishi, vazifasi va g’oyaviy badiiy jihatlari birligi va shaharsozlikdagi o’rnini ta’minlashdan iborat; K. butun bir shahar yoki me’mo- riy ansambl, alohida bino yoki inshoot- ning tashqi qiyofasi b-n ichki xonalari, tuzilishi b-n bezaklari, rangi, loyihasi va qurilishini aniqlaydi, atrof muhit b-n uyg’unlashishi me’moriy K.ga kiradi. Bu esa me’mordan katta mahorat talab etadi. Adabiyotda K. — asarni badiiy shak- llantirishga xizmat qiladigan turli qismlarning holati, o’zaro bog’liqligi, voqea, xarakter-obrazlar, lirik che- kinishlar, tafsilotlar bayoni va sh.k. ma’lum maqsadga bo’ysundiriladi. Asar K.sining yaxlitligi uning asosiy sharti- dir. Ortiqcha personaj, epizod va detal- lar asar qimmatini pasaytiradi. Shu- ning uchun ham badiiy asarda hech qanday etishmovchilik ham, ortiqchalik ham bo’lmasligi kerak. K.ning o’ziga xosligi syujet unsurlarining qanday tartib b-n joylashtirilishiga, syujetdan tashqari unsurlar (lirik, falsafiy-publisistik chekinishlar, qo’shimcha epizodlar) ning bor-yo’qligiga, peyzaj, portret, psixo- logik tasvir, muallif tavsifi kabi vo- sitalarning me’yori va tartibiga bog’liq. K. yaratish usuli va uslublari turli-tu- man. Qadimdan K.ni asar g’oyasi b-n uzviy bog’liq holda tushunib kelingan. K. asar- ning shunchaki tuzilishi emas, balki shu tuzilishning maqsadi, uning nima aso — sida tuzilganligidir. K. asar g’oyasiga bog’liq. Tanlangan obraz yoki voqea asar- ga kiritish uchun muvofiqmi yoki yo’qmi — buni faqat yozuvchi aytmoqchi bo’lgan gapga nisbatan aniqlash mumkin. Bu ham K.ning muhim bir tomoni. K. shu jihati b-n asarda mazmunning qay darajada maz- mundorligini ko’rsatuvchi muhim omil- lardan. Musiqada — 1) musiqa asarining tuzilishi (q. Musiqa shakli); 2) kompo- zitor ijodining mahsuli, tugal musiqa asari; 3) ko’p ovozli musiqa asarlarini yaratish jarayoni, badiiy ijod turi; 4) konservatoriya va b. musiqa o’quv yurtla- rida o’qitiladigan tarixiy-nazariy va amaliy fan. Musiqiy mavzularni yara- tish tamoyillari, ularni rivojlanti- rishda ko’p ovozli musiqa vositalaridan unumli foydalanish yo’llari, muayyan musiqa janri, tur va uslublarning Xu- susiyatlari, asarlar tuzilishi va tugal shaklga keltirilishi qonun-qoidalari kabi ma’lumotlardan iborat.